TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. Polkovnik Azizxon Umarxonov O‘zbekiston IIV Patrul — post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar qildi.
U tayinlovga qadar Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Polkovnik Murodilla Alikariyev Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimini egalladi. Bunga qadar Alikariyev Toshkent shahar IIBB Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi.