Kolumnistlar

AQShda irqchilikka qarshi kurash qanday qilib talonchilar bilan jangga aylandi

© REUTERS / Stephen LamStolknoveniya demonstrantov s politsiyey vo vremya aktsii protesta v Oklende, Kaliforniya
Stolknoveniya demonstrantov s politsiyey vo vremya aktsii protesta v Oklende, Kaliforniya - Sputnik Oʻzbekiston
Minneapolisning qora tanli fuqarosi Jorj Floydni politsiya tomonidan qoʻpol tarzda qoʻlga olinishi natijasida oʻlimiga olib kelgandan keyin boshlangan tartibsizliklar, talonchilik va oʻt qoʻyishlar tinmayapti.

TOSHKENT, 4 iyun - Sputnik, Sofiya Melnichuk. Minneapolisning qora tanli fuqarosi Jorj Floydni politsiya tomonidan qoʻpol tarzda qoʻlga olinishi natijasida oʻlimiga olib kelgandan keyin boshlangan tartibsizliklar, talonchilik va oʻt qoʻyishlar tinmayapti. Shtatlarning yarmida komendantlik soati joriy etildi, ammo mahalliy hokimiyatlar koʻpincha deyarli harakatsiz. Politsiya kuchlari esa endi yetmayapti va prezident Donald Tramp vandalizm va talonchilikni tugatish uchun muntazam armiyani jalb qilmoqchi. Bu qadam prezident uchun nimasi bilan xavfli, RIA Novosti oʻrgandi.

Agitatsionnыy plakat za obщerossiyskoye golosovaniye po popravkam v Konstitutsii v Novosibirske - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Geylarga qarshi normalar uchun kim bizni uyaltirmoqda?

Yana qonun va yana tartib

Amerikaliklar Donald Trampning xalqqa murojaatini kutishgan. Ammo prezident ikkilanib, buni faqat 2 iyun kuni, Vashingtonda vitrinalarni buzayotganda amalga oshirdi.

"Biz Jorj Floydning oʻlimidan iztirobdamiz, - deb oʻz nutqini boshladi u. - Ammo biz gʻazablangan olomon tinch norozilik namoyishini bostirishiga yoʻl qoʻymaymiz. Asosiy jarblanganlar - qonunga boʻysinuvchi fuqarolar va kambagʻal odamlar. Men ularni himoya qilish uchun kurashaman".

"Men qonun va tartib prezidentiman", - dedi Tramp. Aytish kerakki, bu shior Amerikaga yaxshi maʼlum.

Amerikantsы s orujiyem v rukax zaщiщayut svoy biznes ot maroderov - Sputnik Oʻzbekiston
Video
Amerikaliklar talonchilardan himoyalanish uchun qoʻliga qurol oldi – video

1968 yilda mamlakat, shuningdek, notinch paytlarda prezident saylovlariga tayyorgarlik koʻrayotgan edi: Vetnam urushiga qarshi ommaviy namoyishlar, ayollar va irqiy ozchiliklarni qoʻllab-quvvatlovchi namoyishlar. Taniqli qora tanli huquq himoyachisi Martin Lyuter King, va undan keyin istiqbolli senator Robert Kennedilarga uyushtirilgan qotilliklardan keyin Richard Nikson "qonun va tartib" shiori ostida saylovda qatnashdi.

"Siz bitta narsani tushunishingiz kerak, bari muammo qora tanlilarda", - shunday tushuntirgan usha payt Oq uy maʼmuriyati rahbari Garri Xoldeman. Oʻshandan beri qora tanli amerikaliklar orasida "qonun va tartib" politsiyaning zulmini anglatadi.

Tinch namoyishi tartibsizliklarga aylandi

Tramp hozirgi gʻalayonlarni ichki terrorizm deb atadi. Prezident xalqqa yoʻllagan murojaatida, isyonchilar qoʻllari bilan "ularning orzularini buzilayotganini" tomosha qilishga majbur boʻlgan kichik biznes egalarini ham tilga oldi.

Politolog Yuriy Svetov - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Svetov: AQSH hukumati ommaviy tartibsizliklarga bas kela olmayapti

Koʻchalardagi talon-tarojlarning video-dalillari internetni toʻldirdi. Talonchilar doʻkon vitrinalarini chilparchin qilishmoqda, buyumlarni olib ketishyapti, devorlarni, deraza va eshiklarni boʻyab tashlamoqda. Masalan, Santa-Monikada Vans sport kiyimlari doʻkonidan deyarli hamma narsani oʻgʻirlab ketishgan. Fox 11 telekanali muxbirlari yoʻlovchilardan sport poyabzali qutilarni qayerdan olishganini soʻrashganda, ular javobdan qochishgan. Yaqin atrofda bironta ham politsiyachi yoʻq edi.

Bunday vaziyat butun mamlakat boʻylab kuzatilmoqda. Hukumatning vandalizmni toʻxtatish haqidagi chaqiriqlari behuda boʻlmoqda. Mulklar tinch namoyishchilar va biznes egalarining oʻzlari tomonidan himoyalanmoqda.

Xuddi shu Santa-Monikada doʻkon eshigi oldida bir qiz "Zoʻravonlikni toʻxtating" plakati bilan turipti. Uni itarib yuborishga urindilar, hatto kirish joyiga tutunli bomba tashladilar, lekin qiz choʻchimadi. Koʻp oʻtmay unga qora tanli bir odam "Biz norozilik bildirayapmiz, talonchilik qilmayapmiz" yozuvi bilan qoʻshildi. Bu yoshlar atayin shahar markaziga isyonchilarni tinch namoyishchilarga qarshilik koʻrsatmasliklari uchun kelgan.

San-Diyegodagi voqea menga rus mafiyasi haqidagi hazillarni esga olishimga majbur qildi. Unda sobiq SSSR respublikalaridan kelgan migrantlar Pushkin restoranini himoya qilishdi. Restoran egasi Ayk Gazaryan RIA Novosti muxbiriga iqror boʻldi: u tezda oʻzi harakat qilish kerakligini angladi.

"Mening koʻp doʻstlarim, men kabi, respublikachilar fikrini qoʻllab-quvvatlaydiganlar (norozilardan farqli oʻlaroq - tahr.). Yakshanba kuni muammolar boʻlishi mumkinligini tushunishim bilan hammaga qoʻngʻiroq qildim - yarim soatda ular restoranda boʻlishdi. Oʻn ikki kishi, toʻpponcha va miltiqlar bilan qurollangan. Qurollar qonuniy, biz ulardan foydalanishga oʻrganganmiz. Oʻz binomizda oʻzimizni himoya qilish uchun foydalanishga haqimiz bor", - deya tushuntirdi Gazaryan. Ular nafaqat Pushkin restoranini, balki bir qator qoʻshni doʻkonlarni, shu jumladan, Iroqdan kelib chiqishi keksa odamning aroq doʻkonini ham himoya qildilar.

AQSH politsiya xodimlari namoyishchilar bilan birdamlik belgisi sifatida tiz choʻkmoqda. - Sputnik Oʻzbekiston
Foto
Tiz choʻkkan AQSH politsiyasi - foto

Mamlakatning narigi tomonida, Nyu-Yorkning Bruklin qismida, shaharliklar politsiya harakatsiz boʻlib turganida tartibni saqlash uchun patrullarga birlashmoqda. "Biz bu yerda faqat mudofaa uchun kelganmiz. Biz irqchilikka qarshi kurashni va norozilik bildirish huquqini hurmat qilamiz. Ammo oilamiz bilan yashaydigan joyni hech kim vayron qilishiga haqqi yoʻq. Nyu-York meriga bizni himoya qilmagani uchun uyat", - deydi patrul tashkilotchilari Ayzek Boltyanskiy va Devid Brodskiy. 

Gʻazablanish huquqi

Koʻpchilik mahalliy hokimiyatlarning harakatsizligidan norozi. Nyu-York shahar meri Bill de Blazioni talon-tarojlarga yoʻl qoʻyib berganlikda ayblashmoqda, uning qizi yaqinda koʻchada toʻqnashuv vaqtida hibsga olingan. Shtat gubernatori Endryu Kuomoni ham tanqid qilishmoqda, garchi yaqin vaqtgacha u koronavirus epidemiyasiga qarshi kurashda qahramon sifatida qabul qilingan boʻlsa ham. Dushanba kuni de Blazio, harbiylarni jalb qilish xavfli, bu vaziyatni yanada yomonlashtiradi, dedi. “Qurolli kuchlar turar-joy tumanlariga kirib borishsa bundan hech ham yaxshi narsa boʻlmaydi”, - dedi u. Shunga qaramay, koʻchalarda politsiyachilar soni ikki baravar koʻpaydi – toʻrtdan mingdan sakkiz minggacha. Shaharda komendantlik soati eʼlon qilindi.

Sotni lyudey sobralis v Minneapolise u rezidentsii gubernatora - Sputnik Oʻzbekiston
Video
Minneapolisda gubernator qarorgohi oldida yuzlab odamlar toʻplandi – video

Boshqa mintaqalar rahbarlari ham, asosan demokratlar, Milliy gvardiyani jalb qilishga shoshilmayaptilar. De Blazioning vaʼjlarini Oregon gubernatori Keyt Braun, Illinoys shtati gubernatori Jey Robert Pritsker, Nevada - Stiv Sisolak va Michigan - Gretchen Uitmerlar ham takrorlamoqdalar. Vashington shtati rahbari Djey Insli harbiy qismlarni tayyorgarlikka keltirib qoʻydi, ammo hozircha ularni shaharlarga joylashtirmadi.

Oʻz navbatida, Tramp harbiylarni shahsan oʻzi koʻchaga olib chiqish bilan tahdid qildi. Prezident, bosh qoʻmondon boʻlsa ham, oʻz xohishiga koʻra shtatlar tududida federal qurolli kuchlarni jalb qila olmaydi. Ammo, agar u 1807 yilgi Qoʻzgʻolon toʻgʻrisidagi qonunni qoʻllasa, Milliy gvardiya uning farmoniga binoan, gubernatorlarga qaramasdan harakat qiladi. Soʻnggi marta buni Jorj Bush 1992 yilda Los-Anjelesdagi norozilik namoyishlari paytida qoʻllagan, unda toʻrtta politsiyachi qoratanlini urib tashlagani uchun noroziliklar boshlangan. Biroq gubernatorlarning norozilar bilan munosabatlarni yomonlashtirishdan bosh tortishi siyosiy xarakterga ega, deydi siyosatshunos-amerikanist Dmitriy Drobnitskiy. "Demokratlarning asosiy vazifasi - Trampning ikkinchi muddatga qayta saylanishiga yoʻl qoʻymaslikdir. Nimoyishlar boʻlmaguncha odamlarni karantinda ushlab turish mumkin edi. Endi ularga gʻazablanish huquqi berildi, -  dedi u RIA Novosti'ga. Trampni yomon koʻrinishiga majburlash kerak, chunki demokratlarning ritorikasi koʻra, u irqchi va jamiyatga nafrat muhitini uygʻotdi".

Prezident RF Vladimir Putin i prezident SSHA Donald Tramp vo vremya vstrechi na polyax sammita Gruppы dvadtsati v Osake - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Gʻarb Rossiyani yana oʻz tuzogʻiga ilintirmoqchi yoki Katta yettilikka taklif nimani anglatadi

Agar shuncha kunlik vayronagarchiliklardan soʻng, prezident Milliy gvardiya yordamida nazoratni qoʻlga olsa, u siyosiy ochkolarni qoʻlga kiritadi va demokratlar nima deyishining ahamiyati boʻlmay qoladi. "Tramp, keling va hammasini tartibga soling"? – mana, kim uchun ikkilanayotgan shtatlarda ovoz berishadi", - deydi ekspert.

Uning taʼkidlashicha, mamlakatda irqiy kamsitish holati haqiqatan ham dahshatli holatda. Eʼtirozlarni muhokama qilishda buni unutmaslik kerak.

Demokratlar nafaqat Trampning samarasizligini namoyish etishni istaydilar, balki aholining ozchilik guruhlaridagi saylovchilarni qoʻrqitib qoʻymaslikka harakat qilmoqdalar, deydi NIU VSHE Keng qamrovli Yevropa va xalqaro tadqiqotlar markazi direktorining oʻrinbosari Dmitriy Suslov. "Ular oqtanli boʻlmagan aholi orasida qoʻllab-quvvatlashni yoʻqotishdan juda qoʻrqishadi, chunki aynan afro-amerikaliklar Jo Baydenning saylovlardagi asosiy ustunlaridan biridir", - deya eslatadi ekspert.

Shu bilan birga, ikkala tomon ham qulash yoqasida oʻyin oborishmoqda, deya qoʻshimcha qiladi suhbatdosh. “Demokratlar moʻʼtadil va ikkilanayotgan elektoratni qoʻrqitish xavfi ostida, Trampni obroʻsizlantirishga harakat qilishmoqda. Tramp esa zoʻravonlik toʻlqini va oʻlimlarga olib kelishi mumkin boʻlgan yanada qatʼiy choralarni koʻrmoqda",- dedi u.

Amerika jamiyati shundoq ham boʻlinib boʻlgan. Namoyishlar faqat qarama-qarshiliklarning chuqurligini tasdiqladi holos. Oddiy odamlar politsiyaning zulmidan ham, talonchilik bilan talon-tarojlardan gʻazablanishmoqda, demokratlar va respublikachilar esa hamon kelisha olmayaptilar. Katta Jorj Bushning siyosiy karyerasida Qoʻzgʻolon qonuni qanday rol oʻynaganini aytish qiyin. Ammo u 1992 yilda saylovda yutqazdi. Tramp, koʻrinishidan, qatʼiylikka umid bogʻladi. Bu qanday natija beradi, vaqt koʻrsatadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala