Rossiya

Rossiyada Genetik maʼlumotlar milliy bazasi yaratiladi

© Sputnik / Aleksandr Kryajev / Fotobankka oʻtishSotrudnitsa v laboratorii po analizu DNK
Sotrudnitsa v laboratorii po analizu DNK - Sputnik Oʻzbekiston
Qayd etilishicha, Genetik maʼlumotlar milliy bazasi yordamida ogʻir kasalliklarning oldini olish va davolash, umr davomiyligini oshirish va ekologiyani yaxshilash mumkin boʻladi.

TOSHKENT, 7 iyun — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Genetik maʼlumotlar milliy bazasini yaratish boʻyicha topshiriq berdi. Tegishli hujjat Kreml saytida eʼlon qilingan.

Hukumat va “Kurchatov instituti” milliy tadqiqot markazi genetik maʼlumotlarni saqlash va qayta ishlash axborot-tahlil tizimini yaratish va ishlashini taʼminlashi shart. Shuningdek, ularga ushbu maʼlumotni saqlash va uzatish shakllarini ishlab chiqarish vazifasi topshirilgan.

Hisobot 2020 yil 1 oktyabriga qadar taqdim etilishi lozim, undan keyin yillik hisobot berib boriladi.

Mazkur farmoyishning bajarilishini nazorat qilish Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin va “Kurchatov instituti” MTM direktori Aleksandr Blagov zimmasiga yuklangan.

Qayd etilishicha, Genetik maʼlumotlar milliy bazasi yordamida ogʻir kasalliklarning oldini olish va davolash, umr davomiyligini oshirish va ekologiyani yaxshilash mumkin boʻladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala