BAA shayxiga Qoraqalpog‘istondan 200 gektar yer ijaraga beriladi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaEllik-kala, Karakalpakstan
Ellik-kala, Karakalpakstan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Abu Dabi shaxzodasiga dala lageri qurish maqsadida Qoraqalpog‘istondan 200 gektar yer maydonini 10-yilga ijaraga berish haqida qonun loyihasi muhokamaga chiqarildi.

TOShKENT, 8-iyun – Sputnik. Abu Dabi amirligi oilasi vakili shayx Mansur Ben Zaid Al Naxayanning O‘zbekistondagi Diplomatik vakolatxonasiga Qoraqalpog‘istonda200 gektar yer ijaraga berilishi mumkin. Bu haqida vazirlar mahkamasining yangi qarori loyihasida aytib o‘tilgan.  

“Qo‘ng‘irot tumanidagi Ustirt plotasi «Yelabad” ovul fuqarolar yig‘ini hududidagi zaxira yer maydonlaridan umumiy maydoni 200 gektar yaylov yerlar Oliy martabali Sheyx Mansur Ben Zaid Al Naxayanning O‘zbekiston Respublikasidagi Diplomatik vakolatxonasiga 10-yil muddatga vaqtinchalik foydalanish huquqi asosida ajratib berilsin”, - deyilgan hujjatda.

Qarorda aytilishiga ko‘ra, ushbu yer maydoni Abu Dabilik shayxga dala lageri qurish maqsadida ajratilmoqda. Ijaraga berilgan yer uchun Qoraqalpog‘iston yer kadastr xizmatiga 1,9 milliard so‘m (~1,8 mln.dollar) to‘lanadi.

Goroda mira. Dubay - Sputnik O‘zbekiston
Arab shayxlari ov qilish uchun har yili O‘zbekistonga keladi

Shuningdek, qarorda yer maydonidan belgilangan maqsadga muvofiq foydalanish kerakligi hamda kimoviy va radioaktiv ifloslanishiga, atrof muhitning buzilishiga, respublika hududida karantin obyektlarning paydo bo‘lishiga
va tarqalishiga olib kelgan taqdirda - ajratilgan yer ijara shartnomasi qonun bekor qilinishi mumkinligi aytib o‘tilgan.

Shayx Mansur Ben Zaid Al Naxayan Abu Dabi amirining 11 o‘g‘li, 1970-yilda tug‘ilgan. 1993-yilda AQShda Xalqaro munosabatlar bo‘yicha bakalavr diplomini olgan. Bugungi kunda u Abu-Dabining  neft xalqaro neft va investitsiya kompaniyasi direktori. Undan tashqari shayxga Virgin Galactic  kompaniyasining 32 % aksiyalari sohibi. Lekin Abu Dabi shaxzodasining eng katta sarmoyasi – sport sohasida. U 2008-yilda “Manchester Siti” futbol klubining 90% aksiyalarini sotib olgan. Bugungi kunda shayxning sport sohadagi investitsiyalari 2,8 milliard dollarni tashkil qilgan.

Yangiliklar lentasi
0