Kolumnistlar

Amerika oʻz qahramonlariga qarshi. Nega u yerda politsiyadan qutulishni xohlashmoqda

© REUTERS/Leah MillisSotrudniki politsii vo vremya aktsii protesta v Minneapolise
Sotrudniki politsii vo vremya aktsii protesta v Minneapolise - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
May oyining oxiridan beri AQShni titroqqa solayotgan irqchilik va politsiya zoʻravonligiga qarshi namoyishlar, amerikaliklarni qonunni himoyachilariga qanchalar muxtojligi haqida oʻylashga majburladi.

TOSHKENT, 10 iyun - Sputnik, Sofya Melnichuk. May oyining oxiridan beri AQShni titroqqa solayotgan irqchilik va politsiya zoʻravonligiga qarshi namoyishlar, amerikaliklarni qonunni himoyachilariga qanchalar muxtojligi haqida oʻylashga majburladi. Faollar gapirayotgan va OAVlar yozayotgan oʻsha zoʻravonlikka turli yoʻllar barham berish taklif qilishmoqda: keng koʻlamli islohotlarni amalga oshirish, politsiyani moliyalashtirishdan mahrum qilish va hattoki undan butunlay qutulish. Bunday tadbirlar roʻyobga chiqishi mumkinmi, RIA Novosti oʻrgandi.

Amerikanskiye voyennыe, otpravlyayuщiyesya v rayon operatsiy Tsentralnogo komandovaniya SSHA iz Fort-Bregg, Severnaya Karolina - Sputnik Oʻzbekiston
Kolumnistlar
"Botqoqqa tortib ketadi". AQSH Yaqin Sharqdagi ruslardan xavotirda

Islohotlar vaqti

Demokratlar Kongressga huquq tartibot organlari hodimlarini taʼqib qilishni yengillashtirishni koʻzda tutuvchi qonun loyihasini taqdim etdi. Aslida, bu politsiyachilarni ular hibsga olayotgan paytda inson huquqlarini buzgan taqdirda tergovdan himoya qiladigan daxlsizlikni bekor qilish haqida. Politsiyachilar oʻz xohishlariga binoan kuch va oʻqotar qurollardan foydalanish huquqiga egalar - chunki amerikaliklarning 43 foizi oʻqotar qurolga egadirlar.

"Tizimli irqchilikni va keraksiz nazorat choralarini yoʻq qilish uchun yagona kurs boʻlmaganligi sababli, islohotlar orqali tarkibiy oʻzgarishlar vaqti keldi", - deyiladi kongressmenlar murojaatida.

Hujjat "Adolat qonuni 2020" deb nomlandi, bu yaqinda roʻy bergan afro-amerikaliklarning oʻldirilishiga javob boʻldi. Va tanqidchilar taʼkidlaganidek, zamonaviy tarixda "kongress tomonidan politsiya ishiga eng tajovuzkor aralashuvi".

 “Shimoliy oqim-2”: Germaniya AQShga amerika gazi uchun jarima bojlari bilan tahdid qildi - Sputnik Oʻzbekiston
Video
Germaniya AQShga Amerika gazi uchun jarima bojlari bilan tahdid qildi

Politsiyachilar ustidan milliy nazorat tizimini yaratish rejalashtirilmoqda. Xususan, ular har bir kuch ishlatish toʻgʻrisida hisobot berishlariga majbur boʻladi. Nafasni qisish usullari taqiq ostiga tushadi – aynan shu tufayli Jorj Floyd vafot etdi. Huquqbuzarlarga nisbatan noxolis munosabatni oldini olish uchun treninglar kiritiladi - aks holda davlat tomonidan moliyalashtirish haqidagi gaplar boʻlmaydi.

1977 yildan beri mintaqaviy va mahalliy hukumatning politsiyaga sarf-xarajatlari 42 milliarddan 115 milliard dollargacha koʻtarildi. Shu bilan birga, huquqni muhofaza qilish organlarining ehtiyojlari uchun ajratiladigan byudjet mablagʻlarining ulushi deyarli oʻzgarmadi - qariyb toʻrt foiz.

Huquqni muhofaza qilish tuzilmalari qimmatga tushmoqda. Masalan, Ostin shahrining politsiya boʻlimi 2012 yildan 2017 yilgacha bronejiletlar, dubulgʻalar, tayoqlar, tutun granatalari, gaz purkagichlar va boshqa amunitsiyaga bir million dollardan koʻproq pul sarflagan. El-Paso va Denverdagi hamkasblari ham taxminan shuncha sarf qildi.

Politsiyachining toʻliq jihozlari - kiyim-kechagi, qurol-yarogʻi, elektroshoker, ratsiya, bronejileti - qariyb 4,5 ming dollarni tashkil etadi. Radar, kompyuter va kuzatuv tizimiga ega mashina - modeliga qarab 25-50 ming. Bir politsiyachining bir yillik ish haqi 82 mingni tashkil etadi, bu oʻrtacha amerikalikning yillik daromadidan bir yarim baravar koʻp.

Pul muammosi, ayniqsa, koronavirus epidemiyasi tufayli yuzaga kelgan iqtisodiy pasayish tufayli dolzarb boʻlib qoldi. Masalan, Nyu-Yorkda hukumat politsiyaning 6 milliard dollarlik byudjetni saqlab qolishni talab qilmoqda, shu bilan birga taʼlim tuzilmalari va yoshlar dasturlari subsidiyalarning 80 foizini yoʻqotadi.

 “Shimoliy oqim-2”: Germaniya AQShga amerika gazi uchun jarima bojlari bilan tahdid qildi - Sputnik Oʻzbekiston
Video
Germaniya AQShga Amerika gazi uchun jarima bojlari bilan tahdid qildi

Pul yoʻq - muammo yoʻq

Huquqni muhofaza qilish tizimini moliyalashtirishni qisqartirish haqidagi chaqiriqlar 2014 yilda Missurida politsiya zoʻravonligiga qarshi namoyishlar paytidan yangray boshladi.

Ushbu radikal choraning tarafdorlari, nazorat va treninglar yordam bermaydi deb hisoblashadi: ahir haloq boʻlganlar soni koʻpaymoqdaku. Toʻgʻri, statistika bu yerda kuchli asos emas. Baʼzi manbalarga koʻra, oq tanli amerikaliklar huquq-tartibot idoralari xodimlari bilan toʻqnashuvlarda koʻproq halok boʻlishadi. Boshqalariga koʻra esa, afro-amerikaliklar orasida qurbonlar ikki baravar koʻp. CNN telekanaliga koʻra, Amerika politsiyasi boshqa rivojlangan davlatlarga qaraganda ancha tajovuzkor: 2018 yilda AQShda mingga yaqin odam otib oʻldirilgan. Taqqoslash uchun, Germaniyada - 11ta, Avstraliyada - 8ta, Shvetsiyada - 6ta, Angliyada - 3ta.

Shuning uchun, koʻpchilik ishonishicha, charhpalakni toʻhtatishga imkon beradigan yagona narsa bu politsiyadan pul tortib olishdir. Boʻshagan mablagʻlar muhtojlarga yoʻnaltirilishi kerak. Black Lives Matter ("qoratanlilar hayoti muhim") harakatining hammuassisi Patris Kullorsning tushuntirishicha, "gap sarmoyalarni qoratanlilar jamoalarga kiritish haqida". Kullors fikriga koʻra, bu alohida politsiya xodimlarini javobgarlikka tortishdan koʻra muhimroqdir.

AQSH Davlat departamenti Rossiyadan “Yaqin Sharqdan daf boʻlishni talab qildi - Sputnik Oʻzbekiston
Video
AQSH Davlat departamenti Rossiyadan “Yaqin Sharqdan daf boʻlish”ni talab qildi

Bundan tashqari, mablagʻlarni maktab va kasalxonalarga, ruhiy salomatlikni qilish va oiladagi zoʻravonlikning oldini olish bilan shugʻullanadiganlarga berilishi mumkin.

Tartib himoyachilarisiz tartib

Baʼzilar bundan ham uzoqroqqa qadam bosib, politsiyani shunchaki tarqatib yuborishni taklif qilishmoqda. Jorj Floyd vafot etgan Minneapolisda ushbu maqsadni MPD150 jamoat tashkiloti oʻz oldiga qoʻydi. Politsiyachilar - "atigi quroli bor notanishlar", "inqirozli vaziyatlarda" esa psixologlar, ijtimoiy xodimlar va jabrlanuvchilarning advokatlari ishlashlari kerak.

Agar kambagʻallarga yaxshi maʼlumot berilib, ular ishga joylashtirilsa va ularning ruhiy salomatligi profilaktikasi bilan shugʻullaniladigan boʻlsa, huquqni muhofaza qilish organlariga umuman muxtojlik qolmaydi.

Qurollangan talonchilar, qotil va boshqa yovuzlar bilan nima qilish kerak? MPD150 quyidagicha javob beradi: agar inson asosiy ehtiyojlarni boshqa yoʻllar bilan qondira olmasa, jinoyatlar sodir etishga majbur boʻladi. "Zoʻravonlik harakatlariga javoban munosabat bildirish uchun cheklangan ixtisoslashgan guruh kerak, - deya taʼkidlaydi ijtimoiy faollar. - Hozirda politsiyachilar nafaqat bu bilan shugʻullanmoqdalar: ular yoʻlda mashinalarni asossiz toʻxtatishmoqda, mayda giyohvandlarni hibsga olishmoqda va qora tanlilarga taziyq oʻtkazmoqda, bu esa odamlarda jinoiy huquq tizimining taziyqi hissini kuchaytirmoqda".

Prezident SSHA Donald Tramp vo vremya sammita G7 v Biarritse - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Rossiya dushman emas. AQSH sobiq davlat kotibi Trampning notoʻgʻri yondashuviga ishora qildi

Sobiq federal prokuror, Trey Gaudi bu mantiqqa qoʻshilmaydi. "Koʻchada yalangʻoch holda qoʻlida pichoq bilan yugurib yurib, oʻzini Iso deb hisoblaydigan odamni koʻrsangiz psixologik yordam xizmatiga emas, politsiyaga murojaat qilishingiz kerak, - deydi u. – Mana sizning aytishingiz boʻyicha, politsiyani tarqatib yuborish kerak. Va menga qiziq, ularning vazifalarini kim bajaradi?"

Birinchi qadamlar

Minneapolisda nafaqat faollar, balki amaldorlar ham huquq-tartibot idoralarisiz hayt haqida oʻylashdi. "Biz politsiya boʻlimini yoʻq qilamiz. Biz jamoat xavfsizligi va favqulodda choralarga nisbatan yondashuvimizni tubdan qayta koʻrib chiqamiz", - deb yozadi Tvitterida shahar kengashi aʼzosi Jeremaya Ellison.

Unga yana bir qator hamkasblari, jumladan shahar kengashi rahbari Liza Bender ham qoʻshildi. Floyd qabri oldida tiz choʻkib yigʻlagan shahar meri Jeykob Frey esa bu gʻoyani qoʻllab-quvvatlamadi: "Men butun boshli politsiya boʻlimining tarqatilib yuborilishiga qarshiman, men buni ochiqchasiga aytaman". Biroq, "irqchi tizimni toʻgʻrilash uchun" ulkan tarkibiy islohotni" u maʼqullaydi.

Ofitsialnыy predstavitel Ministerstva inostrannыx del Rossii Mariya Zaxarova - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Yaqin Sharqda Rossiyaning roli haqida AQSH bayonoti – Zaxarova javobi

Politsiyachilar, bunday choralar vaziyatni yanada yomonlashtiradi, deb ishonadi. "Bu sodir boʻlayotgan vaziyatga hatto javob ham emas, - deydi nafaqadagi leytenant Gven Ganter. - Men hatto, ular "politsiyaga muhtojmiz" deyishlariga qancha vaqt ketishini bilmoqchiman.

Kuzatuvchilarning taʼkidlashicha: politsiyaga bosim qanchalar kuchaygan sari, politsiyachilar shunchalar oʻzlari va xizmat vakolatlarini suisteʼmol qilganlikda ayblanayotgan hamkasblarini himoya qilmoqdalar. Politsiya kasaba uyushmalari ilgarilari ham huquqni muhofaza organlari tizimini isloh qilinishiga toʻsqinlik qilgan va oʻz pozitsiyasini oʻzgartirishi dargumon.

Norozilik paytida politsiyachilar ham jabrlanganini unutmaslik kerak. Nyu-Yorkda 292 huquq-tartibot xodimi tan jarohati oldi, Chikagoda - 130, Las-Vegasda politsiyachi bir namoyishchi tomonidan otib tashlangach ogʻir ahvolda kasalxonaga yotqizildi.

Politsiyani tugatish, hech boʻlmaganda yaqin yillarda amalga oshirilmaydi, chunki bu jamiyatni butunlay boshqacha tashkil etilishini talab qiladi, deb hisoblaydi IMEMO RAN Shimoliy Amerika tadqiqotlari markazi rahbari Viktoriya Juravleva.

"Mamlakatda koʻplab mahalliy jamoat tashkilotlari faoliyat yuritmoqda, - deydi u RIA Novosti bilan suhbatda. - Masalan, sheriflarni mahalliy aholi saylaydi va kichik shaharlar hanuz politsiyasiz yashaydi - ularga sherifning oʻzi kifoya. Muammo shundaki, megapolislarda nima qilish kerak".

Mutaxassisning fikriga koʻra, islohot ham yaqin kelajakda boʻlishi shubhali. "Respublikachilar va Demokratik partiyalarning federal darajada murosaga kelish ehtimoli unchalik katta emas. Bu jiddiy mavzu, xususan, shaxsiy qurolga boʻlgan huquq kabi qadr-qimmatliklarga doir", - deydi Juravleva.

Amerikanskaya voyennaya texnika pered perebroskoy v Yevropu dlya uchastiya v ucheniyax DEFENDER-Europe 20 - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
“Virus qayda qoldi?”: Polshada AQSH qoʻshinlari ishtirokida harbiy mashq boshlandi

Amerikashunos-siyosatshunos Dmitriy Drobnitskiyning taʼkidlashicha, hatto federal nazorat tizimini yaratish taklifi ham AQSH Konstitutsiyasiga ziddir, chunki bu bilan shtatlarning oʻzlari shugʻullanishi kerak. "Yoki asosiy qonunni oʻzgartirish kerak, yoki inqilobchilarga boʻysunish yoki bularning barchasini inkor qilish kerak. Agar hissiyotlarga emas, balki raqamlarga qarasak, soʻnggi oʻn yil ichida politsiya qurbonlari soni kamaygan. Toʻgʻri, barcha muammolar hal etilmadi, ammo dunyoda barcha muammolar hal etilib boʻlgan joy bormi oʻzi?" - deb mulohaza qiladi u.

Qizgʻin munozaralarga qaramay, soʻrovlar shuni koʻrsatadiki, amerikaliklarning 50 foizdan ortigʻi politsiya ishidan mamnun (16 foizigina norozi). Shu sababli, fuqarolik jamiyati murosaga kelish uchun hali ancha uzoq yoʻlni bosib oʻtishi kerak. Oq uy allaqachon oʻz aniq fikrini bildirib boʻldi. Donald Trampning taʼkidlashicha, politsiya mamlakatga "tinchlikda" yashashga imkon bermoqda va "xodimlarning 99 foizi namunali odamlardir". Shu sababli, AQSH prezidenti ishontirishicha, xech qanday moliyaviy cheklovlar boʻlmaydi, tarqatib yuborish haqida gap boʻlishi ham mumkin emas.

Yangiliklar lentasi
0