Iqtisod

Oʻzbekiston YEI “PBT+” imtiyozli tizimining benefitsiar mamlakati maqomini olmoqchi

© REUTERS/ Francois LenoirJenщina pod zontom ryadom s flagom YES
Jenщina pod zontom ryadom s flagom YES - Sputnik Oʻzbekiston
Hozirgi vaqtda Oʻzbekiston Preferentsiyalarning bosh tizimidan (PBT) foydalanadi. Unga koʻra, respublika bojxona toʻlovlarisiz YEIga 3000 ga yaqin tovar pozitsiyalarini va kamaytirilgan stavkalar boʻyicha 3200 ta pozitsiyalarni eksport qilishi mumkin.

TOSHKENT, 14 iyun — Sputnik. Oʻzbekiston Yevropa Ittifoqi “PBT+” imtiyozli tizimining benefitsiar mamlakati maqomini olish uchun rasmiy talabnoma yubordi. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xabar qildi.

“Taʼkidlash lozimki, respublikamizning “PBT+” benefitsiar mamlakatlar roʻyxatiga kiritilishi YEIga eksportga yetkazib berish hajmini sezilarli darajada oshirish va Yevropa bozorida mahalliy mahsulotlarimizning raqobatbardoshligini oshirish imkonini beradi”, - deyilgan xabarda.

Hozirgi vaqtda Oʻzbekiston Preferentsiyalarning bosh tizimidan (PBT) foydalanadi, unga koʻra, respublika bojxona toʻlovlarisiz YEIga 3000 ga yaqin tovar pozitsiyalarini va kamaytirilgan stavkalar boʻyicha 3200 ta pozitsiyalarni eksport qilishi mumkin.

Abdulaziz Kamilov vstretilsya s glavoy MID Finlyandii Pekka Xaavisto - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekiston YEI bilan hamkorlik shartnomasini 2020 yilda imzolaydi

Qayd etilishicha, agar Oʻzbekiston “PBT+” boʻyicha bir tomonlama tarif imtiyozlariga ega boʻlsa, oʻzbek ishlab chiqaruvchilari YEIga bojxona toʻlovlarisiz eksport qilishi mumkin boʻlgan tovar pozitsiyalarining soni 6200 gacha oshadi.

Yevropa tomoni talablariga koʻra, “PBT+” imtiyozlarini olish uchun, manfaatdor mamlakat muayyan shartlarning bajarilishini taʼminlashi kerak, jumladan inson huquqlari va asosiy mehnat standartlari sohasida - 16 ta va atrof - muhitni muhofaza qilish va samarali boshqaruv sohasida - 11 ta, jami 27 xalqaro konventsiyalarni ratifikatsiya qilish va samarali amalga oshirishi lozim.

Hozirgi kunda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda yuqoridagi shartlarni bajargan. Shu bois vazirlik “PBT+” Yevropa Ittifoqining preferentsiyalar tizimiga kirish uchun Oʻzbekistoning rasmiy talabnomasi, konventsiyalar ratifikatsiya qilingani toʻgʻrisida maʼlumot va Oʻzbekiston hukumati nomidan majburiyat xatidan iborat hujjatlar toʻplami tayyorlagan va koʻrib chiqish uchun yuborgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala