XTV abituriyentlar uchun bepul “Onlayn-repetitor” taqdim etdi

Obuna bo‘lish
Ushbu loyiha umrida birinchi bor OTMga kirish uchun imtihonga tayyorlanayotgan bitiruvchilarga yordam va repetitorga borish imkoni yo‘qlar uchun ishga tushirilgan.

TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. 15-iyundan “Online-maktab” kanalida abituriyentlarga yordam sifatida “Onlayn-repetitor” rukni ishga tushirildi. Bu haqda xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov o‘zining Facebookʼdagi sahifasida ma’lum qildi.

V Tashkente nachinayutsya vstupitelnie ekzameni v vuzi - Sputnik O‘zbekiston
Qabul kvotalari tasdiqlandi va hujjat topshirish muddati o‘zgartirildi

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, umrida birinchi bor oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun imtihonga tayyorlanayotgan bitiruvchilarda, albatta, hayajon bosib testni qanday to‘ldirish, o‘zini qanday tutish kabi masalalarda ham xato qilib qo‘yish xavfi yuqori. Shu bilan birgalikda, hammaning ham hozirgi yozgi ta’til vaqtida repetitorga borish imkoni yo‘q.

“Shuning uchun “Online-maktab” kanalida (5-8-sinflarnikini o‘rniga) bugundan boshlab “Online-repetitor” rukni ostida testga tayyorlash kurslari boshlandi. Endi mamlakatimizning istalgan joyidan bemalol uyda o‘tirib Davlat test markazining testlariga tayyorgarlik ko‘rsa bo‘ladi”, - deya yozgan Shermatov.

Darslar jadvali bilan Xalq ta’limi vazirligining rasmiy Telegram-kanalida tanishish mumkin.

Yangiliklar lentasi
0