Dunyoda

Qirgʻiziston bosh vaziri isteʼfo berdi

© Press-slujba pravitelstva KыrgыzstanaPremyer-ministr Kыrgыzskoy Respubliki Muxammedkalыy Abыlgaziyev
Premyer-ministr Kыrgыzskoy Respubliki Muxammedkalыy Abыlgaziyev   - Sputnik Oʻzbekiston
Qirgʻiziston bosh vaziri Muhammadkaliy Abilgaziyev isteʼfo berdi. U 2018 yil 20 aprelda bosh vazir lavozimiga saylangandi.

TOSHKENT, 15 iyun — Sputnik. Qirgʻiziston bosh vaziri Muhammadkaliy Abilgaziyev isteʼfo berdi, deb xabar qildi Qirgʻiziston hukumatining matbuot xizmati.

Rabochiy vizit prezidenta RF V. Putina v Kirgiziyu - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Oʻzbekiston va Qirgʻiziston barcha muammolarni hal qilishadi, faqat vaqt kerak – Jeyenbekov

Abilgaziyev 2018 yil 20 aprelda bosh vazir lavozimiga saylangandi.

Chastotalar boʻyicha janjal

Eslatib oʻtamiz, 20 may kuni deputat Janar Akayev parlament yigʻilishida hukumat ikki dona radiochastotalarni arzon narxda sotganini aytgandi. Deputatning soʻzlariga koʻra, bosh vazir ruxsatisiz sotilgan boʻlishi mumkin emas. U yetkazilgan zararni 5 milliard qirgʻiz somiga baholagan. Ertasi kuni Abilgaziyev parlamentda ayblov boʻyicha bayonot berdi.

Keyinchalik Bosh prokuratura korruptsiya bilan bogʻliq ish yuzasidan Davlat aloqa agentligining besh kishi, shu jumladan DMXQ xodimlari hibsga olinganini maʼlum qildi.

27 may kuni Abilgaziyev korruptsiya holatlari boʻyicha tergovga bosim oʻtkazishda ayblanmaslik uchun qisqa muddatli taʼtil oldi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala