Dunyoda

BSST koronavirusni davolashda katta "ilmiy yutuq" haqida xabar qildi

© Sputnik / Grigoriy Sыsoyev / Fotobankka oʻtishTestirovaniye rossiyan na nalichiye antitel k COVID-19 v Moskve
Testirovaniye rossiyan na nalichiye antitel k COVID-19 v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston
Britaniya olmlari 60 yil oldin yaratilgan dorining koronavirusni davolashda samarali ekanini aniqlashdi.

TOSHKENT, 17 iyun - Sputnik. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Gebreyesus COVID-19ni davolashda erishilgan katta "ilmiy yutuq" haqida gapirib berdi.

Xususan, Gebreyesus Buyuk Britaniyadagi koronavirusni davolashda deksametazon steroidi bilan oʻtkazilgan klinik tadqiqotlar natijalarini yuqori baholadi. 

"Bu COVID-19 bilan kasallangan, qoʻshimcha kislorod yoki sunʼiy nafas olishga muhtoj boʻlgan bemorlarning oʻlim darajasini pasaytirishda yaxshi natija koʻrsatgan birinchi dori ", - dedi Gebreyesus va ilmiy ish natijalarini "ajoyib yangilik" deb atadi.

Oksfordda oʻtkazilgan tadqiqotlar deksametazon sunʼiy nafas olayotgan beʼmorlar orasida oʻlim darajasini 35 %ga, qoʻshimcha kislorodga muhtoj boʻlgan bemorlar orasida - 20 %ga kamaytirishi aniqlangan. Sinov davomida 2104 bemor oʻn kun davomida kuniga 6 milligrammdan ushbu preparatni qabul qilgan. Hisob-kitoblarga koʻra, agar kashfiyot oldinroq amalga oshirilsa, mamlakatda besh mingga yaqin odam hayotini saqlab qolish mumkin edi.

Shavkat Mirziyoyev provel videoselektornoye soveщaniye po voprosam uskoreniya realizatsii investitsionnыx proyektov - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Koronavirus bilan bogʻliq vaziyat tobora murakkab tus olmoqda – prezident

Deksametazon dorisi insoniyatga 60 yildan beri maʼlum va yalligʻlanishga qarshi vosita sifatida ishlatiladi. Bu koʻp qimmat dori emas. Britaniyada bir qutisi 5 funt turadi. 

Oksforddagi kashfiyotni Misr ham sharhladi. Misrning Koronavirus ilmiy qoʻmitasi rahbari Xussam Hosnining soʻzlariga koʻra, Misr deksametazon yordamida COVID-19 ni davolashda oldindan foydalanib kelgan va ijobiy natijalarga erishgan.

"Buyuk Britaniya ushbu dori-darmonni ommaviy axborot vositalari orqali tarqatishga muvaffaq boʻldi, garchi Misr bundan oldin ham undan foydalangan boʻlsa", - dedi Husni Sada al-Balad efirda.

Uning soʻzlariga koʻra, preparat koronavirus bilan ogʻrigan bemorlarni oʻrtacha va ogʻir bosqichlarda davolash uchun ishlatiladi. Biroq, dorilarni faqat shifokorlar nazorati ostida kasalxonalarda foydalanish mumkin.

Eslatib oʻtamiz, bugungi kunda dunyo miqyosida koronavirusga chalinganlar 8 mln nafardan oshgan, 434 mingdan ortiq odam vafot etgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala