O‘zbekiston va Finlyandiya 18-yil ichida ilk bor investitsiya va savdo masalasini muhokama qildi

© AFP 2023 / David GoldmanFlag Finlyandii
Flag Finlyandii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yig‘ilish yakunida ikki mamlakat to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlik yo‘nalishlarini aniq va izchil belgilab beruvchi muhim kelishuvlarga erishdi.

TOShKENT, 18-iyun — Sputnik. O‘zbekiston va Finlyandiya Hukumatlararo komissiya yig‘ilishida investitsiyaviy va savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalarini muhokama qildi. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xabar qilmoqda.

Yig‘ilish videokonferensiya shaklida o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov hamda Finlyandiya taraqqiyot va tashqi savdo masalalari vaziri Ville Skinnari ishtirok etdi.

O‘zbekiston va Finlyandiyadagi iqtisodiy vaziyat ko‘rib chiqilib, uning asosida ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiya hamkorlikni yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari belgilab olindi.

O‘zbekiston tomonidan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va tegishli tarmoq bo‘limlari, Finlyandiyaning Tashqi ishlar vazirligi, Bandlik va iqtisodiyot vazirligi, Savdo, biznes va innovatsiyani rag‘batlantirish bo‘yicha ixtisoslashgan agentliklari va tashkilotlari (“Business Finland”, “Finnpartnership”), yetakchi Finlyandiya ishlab chiqaruvchilari (“Nokia”), shuningdek, ikki mamlakat savdo-sanoat palatalari rahbarlari istiqbolli sohalarning har biri bo‘yicha mamlakatlar ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi hamkorlikning salohiyatli yo‘nalishlari va tashabbuslari haqida batafsil ma’lumot berdilar.

O‘zbekiston va Finlyandiya o‘rtasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

“Moliyaviy va texnikaviy hamkorlikdagi ijobiy dinamika alohida qayd etildi - Finlyandiya hukumatiga BMTning Orol dengizi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘p sheriklik trast jamg‘armasiga 1 mln yevro miqdorida qo‘shgan hissasi uchun minnatdorchilik bildirildi. Shuningdek, ushbu yo‘nalishda Finlyandiyada moliyaviy tashkilotlar va idoralar bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish orqali shu sohada hamkorlikni kengaytirish istiqbollari ko‘rib chiqildi”, - deyilgan xabarda.

Finlyandiya Milliy ta’lim agentligi va Finlyandiya Amaliy fanlar universiteti rahbariyati bilan Finlyandiya ta’lim tizimining ilg‘or tajribalarini qo‘llab, O‘zbekistonda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni nazarda tutgan holda sheriklikning aniq mexanizmlari muhokama qilindi.

Yig‘ilish yakunida to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlik yo‘nalishlarini aniq va izchil belgilab beruvchi muhim kelishuvlarga erishildi, shuningdek, uzoq muddatli hamkorlikning istiqbollari uchun asos yaratadigan aniq loyihalar va tashabbuslarni amalga oshirish rejalashtirib olindi.

Finlyandiya TIV xabariga ko‘ra, Hukumatlararo komissiyasining oldingi yig‘ilishi 2002-yilda o‘tkazilgan.

Yangiliklar lentasi
0