O‘zbekiston va Rossiya avtomobil ishlab chiqarish bo‘yicha QK tuzish tashabbusini ko‘rib chiqdi

Obuna bo‘lish
Hukumatlararo muzokaralarda elektrotexnika mahsulotlari va yengil avtomobillarni ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxonalar tuzish bo‘yicha qator tashabbuslar ko‘rib chiqildi.

TOShKENT, 18-iyun — Sputnik. O‘zbekiston va Rossiya yengil avtomobillar ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxonalar tuzishga oid qator tashabbuslarni ko‘rib chiqdi. Bu haqda O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari Sardor Umurzakov va Rossiya bosh vazirining o‘rinbosari Aleksey Overchuk hamraisligida kengaytirilgan Hukumatlararo muzokaralarda ma’lum qilindi.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xabarida qayd etilishicha, tadbirda ikki mamlakatning asosiy vazirlik va idoralari rahbarlari ham ishtirok etgan. Ko‘p qirrali ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishning bugungi holati va istiqbollarini muhokama qilingan.

Xususan, mavjud resurslarni hisobga olgan holda, ikki mamlakat hududida kungaboqar yog‘i, go‘sht va sut mahsulotlari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlashning to‘liq siklini qamrab oluvchi agrosanoat klasterlarini yaratish imkoniyatlari o‘rganib chiqildi.

“Bundan tashqari, ip-kalava, gazlama materiallari va trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish, yog‘ochni qayta ishlash, elektrotexnika mahsulotlari va yengil avtomobillarini ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxonalar tuzish bo‘yicha qator tashabbuslar ko‘rib chiqildi”, - deyilgan xabarda.

Kelishilgan loyihalar va tashabbuslarni joriy qilishni tezlashtirish va har oyda ularning amalga oshirish jarayonini o‘rganib borish hamda O‘zbekiston va Rossiya ishbilarmon doiralarini investitsion sheriklikni kengaytirish bo‘yicha mavjud imkoniyatlar va ikki tomonlama savdo hajmini oshirish mexanizmlari haqida xabardor qilib borish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Pomidori, virashennie metodom gidroponiki - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyaga meva-sabzavot eksporti rekord darajada o‘sdi

Shuningdek, logistika sohasida hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi: ikki mamlakat hududida meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash va tashish uchun qo‘shma yuk-ekspeditorlik kompaniyalari, logistika va ulgurji taqsimlash markazlarini yaratish istiqbollari muhokama etildi.

Ta’kidlanishicha, bunday markazlarning yaratilishi, transport xarajatlarini sezilarli darajada kamaytiradi, sifatni saqlab qolgan holda ishlab chiqaruvchidan yakuniy iste’molchiga tovarlarni tezda yetkazib berishni ta’minlaydi. Bu esa O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi o‘zaro tovar aylanmasi hajmining sezilarli oshishiga olib keladi.

Yangiliklar lentasi
0