O‘tgan hafta tushgan dollar yana ko‘tarildi

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Mediabankka o‘tishDenejnie kupuri SShA.
Denejnie kupuri SShA. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. O‘tgan hafta arzonlashagan dollar bu hafta 20 so‘mga qimmatlashdi.

TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan 23-iyundan boshlab yangi qiymatini belgiladi.

Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 20,86 so‘mga qimmatlashib, 10 172,76 so‘mni tashkil qildi.

© Markaziy bank matbuot xizmatiValyuta kurslari 23.06.2020 dan
O‘tgan hafta tushgan dollar yana ko‘tarildi - Sputnik O‘zbekiston
Valyuta kurslari 23.06.2020 dan

Yevroning rasmiy kursi tushishda davom etgan. Bu hafta 56,89 so‘mga arzonlashib, 11 368,06 so‘mni tashkil qildi.

Rossiya rublida ham ko‘tarilish kuzatilgan. Rubl 1 so‘mga qimmatlashib, 146,39 co‘mni tashkil qildi.

Yangiliklar lentasi
0