Dunyoda

AQSH chet el fuqarolariga bir qator vizalar berishni toʻxtatdi – bu kimga taʼsir qiladi

© Sputnik / Maksim Blinov / Fotobankka oʻtishFlag Soyedinennыx Shtatov Ameriki.
Flag Soyedinennыx Shtatov Ameriki. - Sputnik Oʻzbekiston
Gap vizalarning quyidagi toifalari haqida ketmoqda: H-1B, H-2B, H-4, L-1, shuningdek J-1. Oq uyda taʼkidlashlaricha, bu chora amerikaliklar uchun yuz minglab ish joylarini boʻshatish imkonini beradi.

TOSHKENT, 23 iyun - Sputnik. AQSH prezidenti Donald Tramp chet ellik mutaxassislar va ularning oilalari aʼzolariga, shuningdek mavsumiy ishchilarga mehnat vizalarini berishni toʻxtatib qoʻyish toʻgʻrisida farmonga imzo chekdi. Hujjat Oq uyning saytida eʼlon qilindi.

Vodrujeniye znamen Krasnoy armii nad Reyxstagom dostupno v formate VR-rekonstruktsii   - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Har oʻninchi amerikalik Ikkinchi Jahon urushida AQSH Rossiyaga qarshi urush qilgan deb hisoblaydi

Taʼkidlanishicha, bu chora kamida shu yil oxirigacha amal qiladi.

Tramp maʼmuriyati vakillarining soʻzlariga koʻra, bu amerikaliklarga COVID-19 pandemiyasidan keyin mamlakatning iqtisodiy tiklanishining ogʻir davrida yuz minglab ish oʻrinlari bilan taʼminlash maqsadida qilingan.

Gap qanday vizalar haqida ketmoqda?

Ushbu qaror H-1B, H-2B, H-4, L-1 va J-1 ning baʼzi vizalariga nisbatan qoʻllaniladi.

• H-1B - odatda texnologiya sohasidagi malakali chet el ishchilariga beriladi;

• N-4 - N-1V toifasidagi viza egalarining turmush oʻrtoqlariga zarur;

• N-2V - mavsumiy ishchilarga beriladi;

• L-1 - chet elda (bu holatda AQShda) filiali boʻlgan kompaniyalar rahbarlariga taalluqli. Ushbu vizalar toifasi haqiqiy ish joyi saqlangan, faqat filialini oʻzgartirgan holda AQShga koʻchgan top-menejerlarga beriladi;

• J-1 - olimlarga va boshqa fan vakillariga beriladi.

N2V orqali kirishga faqat oziq-ovqat sanoatida ishlaydigan chet el fuqarolariga ruhsat beriladi.

J va L toifalari vizalarini oluvchilarga kelsak, ularga baʼzi istisnolar qoʻllanishi mumkin.

Shu bilan birga, Oq uy maʼmuriyati ushbu farmon AQShda hozirda boʻlib turganlarga taalluqli emasligiga ishontirishga shoshildi.

Avvalroq, AQShda iqtisodiy tanazzul davrida amerikalik ishchilarni himoya qilish zaruriyati bilan bogʻliq ravishda, grin-kartalarni berish ham toʻxtatilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala