Siyosat

Putin: sovet xalqi natsizmni tor-mor qilganini rossiyaliklar hamisha yodda saqlaydi

© Sputnik / Sergey Pyatakov / Fotobankka oʻtishPrezident RF V. Putin prinyal uchastiye v voyennom parade v oznamenovaniye 75-letiya Pobedы v Velikoy Otechestvennoy voyne
Prezident RF V. Putin prinyal uchastiye v voyennom parade v oznamenovaniye 75-letiya Pobedы v Velikoy Otechestvennoy voyne - Sputnik Oʻzbekiston
24 iyun kuni fashist Germaniyasi ustidan qozonilgan Gʻalabaning 75 yilligi sharafiga Moskvadagi Qizil maydonda harbiy parad boʻlib oʻtmoqda

TOSHKENT, 24 iyun — Sputnik. Sovet xalqi natsizmni tor-mor qilganini rossiyaliklar hamisha yodda saqlaydilar, deya bayonot qildi RF prezidenti Vladimir Putin.

Prezident RF V. Putin na voyennom parade v chest 74-y godovщinы Pobedы - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Unutilgan oʻtmish saboqlari va uning ogʻir toʻlovi — Putin maqolasi

"Natsizmni sovet xalqi Sovet Ittifoqining barcha respublikalaridan millionlab turli millatdagi odamlar tor-mor qilganini hamisha yodda tutamiz", - dedi Putin Gʻalaba Paradida.

Rossiya rahbarining taʼkidlashicha, ular frontda va front ortida, partizan otryadlarida va yertoʻlalarda jasorat va birdamlik qoidalariga muvofiq jang olib borganlar.

Parad safi Qurolli kuchlar va boshqa kuch idoralari harbiy xizmatchilari, harbiy bilim yurtlari kursantlari, suvorovchilar, naximovchilar va kadetlar, shuningdek yunarmiyaliklardan tashkil topgan 40ta piyodalar raschyotidan shakllantirilgan.

Shuningdek, paradda 13ta xorijiy davlat: Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Hindiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Xitoy, Moldova, Moʻgʻuliston, Serbiya, Tojikiston, Turkmaniston, Oʻzbekiston harbiy xizmatchilari ishtirok etmoqda.

Bu yil Gʻalaba paradida Belarus, Oʻzbekiston, Bosniya va Gerttsegovina, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Moldova, Tojikiston, Serbiya, Janubiy Osetiya va Abxaziya rahbarlari, shuningdek, MDH Ijroiya qoʻmitasi raisi Sergey Lebedev, YEIK rahbari Mixail Myasnikovich va ODKB bosh kotibi Stanislav Zas qatnashmoqda. Yevropa mamlakatlari vazirlar va elchilar darajasida taqdim etilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala