Hodisalar

Shahrisabz Davlat muzey-qoʻriqxonasi bosh direktoriga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

© Sputnik / Yekaterina Chesnokova / Fotobankka oʻtishPrestupnik za reshetkoy
Prestupnik za reshetkoy - Sputnik Oʻzbekiston
Shahrisabz Davlat muzey-qoʻriqxonasi bosh direktori muzey-qoʻriqxonada ishlamagan turmush oʻrtogʻi va 4 nafar fuqarolarga soxta hujjatlar asosida ish haqi hisoblagan

TOSHKENT, 24 iyun - Sputnik. Shahrisabz Davlat muzey-qoʻriqxonasi bosh direktoriga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot-xizmati.

Tsentr zanyatosti - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Surxondaryoda 2,6 milliard soʻm oʻzlashtirgan bandlik agentligi fosh etildi

Xabarga koʻra, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shahrisabz shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvida, Shahrisabz Davlat muzey-qoʻriqxonasi bosh direktori N.X. 62,9 mln soʻm hajmdagi byudjet mablagʻlarini oʻzlashtirganligi aniqlangan.

Maʼlum boʻlishicha, u bu pullarni muzey-qoʻriqxonada haqiqatda ishlamagan turmush oʻrtogʻi D.V. va 4 nafar fuqarolarga soxta hujjatlar asosida ish haqi hisoblab, talon-taroj qilgan.

Mazkur holat yuzasidan N.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 2-qismi “g” bandi va 209-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala