Ukraina aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni amalga oshirishga ariza berdi

© avianews.com SkyUp Airlines
 SkyUp Airlines - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Arizada SkyUp Airlines aviakompaniyasi ushbu yilning 1-iyulidan cheklanmagan muddatga parvozlarni amalga oshirishga ruxsat so‘rab murojaat etgan.

TOShKENT, 24-iyun - Sputnik. Ukrainaning SkyUp Airlines aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni amalga oshirish huquqini so‘radi. Bu haqda mamlakat Davlat aviatsiya ma’muriyati ma’lum qildi. Ukrainaning arzon narxlarda  parvozlarni amalga oshiruvchi aviakompaniya haftasiga ikki marta Kiyev-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilishni rejalashtirmoqda.

Gruzovie vagoni  - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Ukraina avia hamda temir yo‘l qatnovini tiklaydi

Arizada parvoz huquqini 2020-yil 1-iyuldan boshlab cheksiz muddatga berish so‘rovi ko‘rsatilgan.

Mamlakatlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarning to‘xtatilishi

Ukraina aviakompaniyasi tomonidan narxlar belgilashda demping (narxlarni qasddan pasaytirish-tahr.) amalga oshirilganligi sababli 2015-yil 5-maydan boshlab Kiyevga parvozlar to‘xtatilgan.

Ukraina tomonidan "Mejdunarodnie avialinii Ukraini" aviakompaniyasi ham parvozlarni to‘xtatib qo‘ydi. Bu mamlakatlar o‘rtasidagi yagona yo‘lovchi aviareysi bo‘lgan.

O‘zbekiston va Ukraina o‘rtasidagi aviareyslarni tiklashga urinish 2019-yil oktabr oyida amalga oshirildi, ammo tomonlarning tushunmovchiligi tufayli muvaffaqiyatsiz tugadi.

Shu bilan birga, Ukraina elchixonasi mamlakat ikki mamlakat shaharlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam havo qatnovini tiklashga oid o‘zaro manfaatli shartlarni muhokama qilish uchun o‘zbekistonlik sheriklar bilan rasmiy darajada konstruktiv muloqotga tayyorligini bildirdi.

Yangiliklar lentasi
0