Jamiyat

Senat vakili Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi tavsiyasiga eʼtiroz bildirdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev na zasedanii Senata Oliy Majlisa
Prezident Shavkat Mirziyoyev na zasedanii Senata Oliy Majlisa - Sputnik Oʻzbekiston
Sal oldin Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi tomonidan qoʻshni davlatlar oliy taʼlim muassasalariga berilgan baho xorijiy OAV va internetda katta shov-shuvlarga sabab boʻlgan edi

TOSHKENT, 25 iyun - Sputnik. Oliy Majlis Senati Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi raisi Ravshanbek Alimov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilingan "Qoʻshni davlatlardagi oliy taʼlim tashkilotlarining taʼlim sifati darajasini aniqlash boʻyicha tavsiya"siga eʼtiroz bildirdi.

Ilxom Nematov - Pervыy zamestitel ministra inostrannыx del - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Oʻzbekistonning talabalarni qaytarish qarorida siyosiy maʼno yoʻq - Neʼmatov

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi ushbu tavsiyasini joriy yil 18 iyun kuni eʼlon qilgan boʻlib, unda idora nostrifikatsiya bilan bogʻliq jarayonni tahlildan oʻtkazib, qoʻshni Kirgʻiziston va Tojikiston davlatlarining qator oliy taʼlim muassasalariga salbiy baho bergan va fuqarolarga tegishli tavsiyalar bergan.  

Shundan soʻng ushbu tavsiya matni yaqin qoʻshni davlatlar ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab boʻlgan. 

"Tavsiya matni bilan yaqindan tanishganimizda, undagi baʼzi fikr va xulosalar oʻrinli eʼtiroz va savollarni tugʻdirmoqda...

Konkursnыy otbor  na obucheniye v vыsshix uchebnыx zavedeniyax SSHA i Yevropы - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Vazirlik qoʻshni davlatlardan oʻqishni koʻchirishda kuzatilayotgan qalbakilashtirishdan ogohlantirdi

Birinchidan, Inspektsiya aniq va asoslangan mezonlar oʻrniga "Oʻzbekiston mehnat bozori talab darajasiga mos emas" degan umumiy jumla bilan chegaralanib qolmoqda. Savol: bunday xulosa chiqarish uchun, eng avvalo, oʻsha mehnat bozori parametrlari qani? Ularni kim belgilagan? Qoʻshni davlatlarning OTMlari qachon va kim tomonidan tekshirilgan? 

Ikkinchidan, eʼlon qilingan tavsiyada "...sifatli taʼlim arzon boʻlmas", va "qoʻshni mamlakatlardagi aksariyat OTM tomonidan taklif etilayotgan toʻlov-kontrakt narxi sifatli taʼlim berish imkoniyatini bermaydi" deb taʼkidlangan. Savol: Nimaga? Bu qanday konuniyat boʻldi? Balki, biz avval Oʻzbekiston OTMlarining kontrakt narxlariga va shu narxlarga bizda berilayotgan taʼlim sifatiga xolisona boqarmiz?

Menimcha, bu yerda koʻproq raqobat va mamlakatimiz oliy taʼlim muassasalarining raqobatbardoshlik darajasi haqida soʻz yuritsak adolatdan boʻladi.

Umed Mansurov - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻqishni koʻchirish tartibi buziladi: Mansurov Tojikistondan oʻzbek talablarining ketishi haqida

Uchinchidan, mamlakatimiz hukumat Inspektsiyasining xorijiy davlatlar OTMlariga bunday baho berishga huquqi bormi? Bu harakatlaning maqsadi, ularning davlatimiz milliy manfaatlari va tashqi siyosatdagi intilishlariga qanchalik toʻgʻri keladi? Qoʻmitamizning tegishli soʻrovnomasi Inspektsiyaga yuborildi va rasmiy javobni kutib qolamiz", - deyiladi eʼtiroz matnida.

Alimov hozirgi murakkab xalqaro vaziyatda inspektsiya Oʻzbekiston prezidenti tashabbusi bilan Markaziy Osiyo mintaqasida vujudga kelgan ochiqlik, oʻzaro ishonch va yaxshi qoʻshnichilik tamoyillariga asoslangan mutlaqo yangi siyosiy muhitni qadriga yetib, faoliyatda qardosh Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkmaniston davlatlari bilan doʻstlik, oʻzaro manfaatli hamkorlik rishtalarini mustahkamlashga munosib hissa qoʻshishiga ishonch bildirgan.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston tomoni qoʻshni davlatlardagi oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan Oʻzbekiston fuqarolari hech qanday imtihonlarsiz oʻqishini Oʻzbekistonga koʻchirishlari mumkinligi haqida ilk bor joriy yil fevral oyida eʼlon qilgan edi. Shu kunlarda oʻqishni koʻchirish boʻyicha komissiya iyul oyining 15 sanasidan yana oʻz faoliyatini boshlashi, oʻsha vaqtda fuqarolar yana ushbu masalada arizalar topshirishi mumkinligi aytildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala