Dunyoda

Yevropa Ittifoqi 1 iyuldan qaysi davlatlar uchun oʻz chegarasini ochdi - tafsilotlar

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Fotobankka oʻtishFlag YES u zdaniya predstavitelstva Yevropeyskogo Soyuza v Moskve
Flag YES u zdaniya predstavitelstva Yevropeyskogo Soyuza v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston
Yevropa Ittifoqi kengashi seshanba kuni tashqi chegaralarni sekin-asta ochish boʻyicha qaror qabul qildi. Ushbu qaror 1 iyuldan boshlab kuchga kiradi

TOSHKENT, 30 iyun - Sputnik. Yevropa Ittifoqi mamlakatlari kengashi 1 iyuldan boshlab YEI oʻz chegaralarini ochishi tavsiya etilgan mamlakatlar roʻyxatini eʼlon qildi. Ushbu roʻyxatga Rossiya va AQSH kiritilmagan. RIA Novosti xabari asosida.

Passajir v zale ojidaniya - Sputnik Oʻzbekiston
Yevropa Ittifoqi Oʻzbekiston fuqarolari uchun oʻz chegaralarini ochishga qaror qildi

YEI chegarasi ochilgan davlatlar roʻyxati har ikki haftada yangilab turilishi aytilmoqda. Shuningdek, epidemiologik vaziyatga qarab, roʻyxat nafaqat kengayishi, balki qisqartirilishi ham mumkin.

Oʻzaro hamkorlik tamoyili asosida chegaralar ochilishi tavsiya etilgan mamlakatlarning birinchi roʻyxatiga: Jazoir, Avstraliya, Kanada, Gruziya, Yaponiya, Chernogoriya, Marokash, Yangi Zelandiya, Ruanda, Serbiya, Janubiy Koreya, Tailand, Tunis, Urugvay va Xitoy kiritilgan.

"Uchinchi davlatlarning ushbu roʻyxati har ikki haftada qayta koʻrib chiqiladi va YEI xizmatlari, tegishli muassasalari hamda Komissiyasi bilan maslahatlashuvlardan soʻng Kengash tomonidan vaziyatga qarab yangilanishi mumkin", - deyiladi bayonotda.

YEI mamlakatlari kengashining 1 iyul sanasidan ittifoqqa uchinchi davlatlardan kirishga boʻlgan cheklovlarni olib tashlash boʻyicha tavsiyalari ijrosi majburiy emas, ammo YEI davlatlari oldindan kelishilmay, maxsus roʻyxatga kiritilmagan mamlakatlar aholisi uchun cheklovlarni olib tashlashlari tavsiya etilmaydi, deya qoʻshimcha qilingan YEI kengashi xabarida.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala