Jamiyat

Milliy gvardiya uyda davolanayotganlar ustidan nazoratni kuchaytiradi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovAvtomobil natsionalnoy gvardii Uzbekistana
Avtomobil natsionalnoy gvardii Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Ichki ishlar va Milliy gvardiya organlari hamda Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi sharoitida davolanayotgan koronavirus bemorlarining yashash manzili boʻyicha qatʼiy nazorat olib boradi.

TOSHKENT, 30 iyun — Sputnik. Oʻzbekistonda kasallik alomatlarisiz kechayotgan yengil shakldagi bemorlarni uy sharoitida davolash va parvarishlash tartibi ishlab chiqiladi hamda qabul qilinadi. Bu haqda Respublika maxsus komissiyasi qarori qabul qilindi.

Shuningdek, ichki ishlar va Milliy gvardiya organlari hamda Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi tomonidan uy sharoitida davolanayotgan kasallik alomatlarisiz kechayotgan yengil shakldagi bemorlar va karantinga olingan muloqotdagilarni yashash manzili boʻyicha qatʼiy nazorat olib boriladi.

Uy sharoitida davolash va parvarishlash tartibini buzgan fuqarolarga belgilangan tartiba javobgarlikka tortiladi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekistonda koronavirus yuqtirib olgan bemorlar uch toifaga ajratilayotgani xabar qilingan edi. Kasallik alomatlarisiz kechayotgan yengil shakldagi bemorlarga uy sharoitida davolanishiga ruxsat etiladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala