Dunyoda

Putin va Lukashenko Sovet askari xotirasiga yodgorlikni ochdilar - video

© Sputnik / Sergey Guneyev / Fotobankka oʻtishPrezident RF V. Putin i prezident Belarusi A. Lukashenko otkrыli Rjevskiy memorial Sovetskomu soldatu
Prezident RF V. Putin i prezident Belarusi A. Lukashenko otkrыli Rjevskiy memorial Sovetskomu soldatu - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Rjevda Ikkinchi Jahon urushida halok boʻlgan askarlarni xotirlash marosimida qatnashmoqda.

TOSHKENT, 30 iyun — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Tver viloyati Rjev shahrida sovet askari xotirasiga bagʻishlangan yodgorlikni ochdilar.

Prezidentlar gul qoʻyish marosimida ishtirok etib, vafot etganlarning xotirasini bir daqiqalik sukut bilan yod etdilar.

"Rjev memoriali - umumiy xotiramizning yana bir ramzi, Yevropani va butun dunyoni natsizmdan qutqargan askar-qahramon, askar-xaloskor, gʻolib-askarning buyuk va fidokorona qahramonligiga taʼzim qilish ramzidir", - dedi Rossiya prezidenti.

Odamlar yodgorliklar yaratib, ularga kelgunlariga qadar, hech qachon urushning dahshatli voqealarini unutmaydilar, deya qayd etdi oʻz nutqida Lukashenko.

Shuningdek, Putin va Lukashenko "Xotira bogʻi" xalqaro aktsiyasida ishtirok etishdi, Ulugʻ Vatan urushi paytida halok boʻlganlar xotirasiga daraxt ekildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala