Dunyoda

"Asossiz daʼvolar". Rossiya TIV NYT'ning eng soʻnggi maqolasiga izoh berdi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Fotobankka oʻtishMID RF
MID RF - Sputnik Oʻzbekiston
RF prezidentining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili, Rossiya TIV Osiyo ikkinchi departamenti direktori Zamir Kabulov Rossiya va Tolibon oʻrtasidagi “kelishuv”ning taxmin qilinayotgan dalillariga izoh berdi.

TOSHKENT, 2 iyul - Sputnik. Rossiya TIV Rossiya va Tolibon oʻrtasidagi “kelishuv”ning taxmin qilinayotgan dalillariga izoh berdi. RF prezidentining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili, Rossiya TIV Osiyo ikkinchi departamenti direktori Zamir Kabulovning soʻzlariga koʻra, maqolada faqat asossiz ayblovlar keltirilgan.

Boyeviki dvijeniya Taliban - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
NYT Rossiyaning toliblar bilan "til biriktiruvi"ga doir yangi maqolani chop etdi

"Bizga dalillar kerak, ammo ular yoʻq. Bu asossiz ayblovlar", - dedi Kabulov RIA Novosti'ga.

Shuningdek, u ushbu maqolada ismi keltirilgan, giyohvand moddalar kontrabandasi bilan shugʻullanuvchi Rahmat Azizi haqida hech qachon eshitmaganligini taʼkidladi. Nashrning taʼkidlashicha, u ikki tomon oʻrtasida asosiy vositachi boʻlgan.

Uning soʻzlariga koʻra, nashrni oʻqiyotganda javoblardan koʻra koʻproq savollar tugʻiladi. “Qalbaki narsalarni ham puxta tayyorlash kerak”, - deya qoʻshimcha qildi Kabulov.

Kuni kecha NYT nashri oʻzining maqolasida Rossiya va Afgʻonistonning “Toliboni” oʻrtasidagi “fitna” da “vositachi” ismini oshkor qildi. Maqolaning mualliflariga koʻra, bu giyohvand moddalar kontrabandachisi Rahmat Azizi.

Avvalroq, NYT nashri ismi oshkor qilinmagan razvedka xodimlariga tayanib, Rossiya harbiy razvedkasi “Tolibon” bilan bogʻliq jangarilarga Afgʻonistonda amerikalik askarlarga hujum uyushtirish evaziga mukofot taqdim etgani haqida xabar tarqatgan. Maqolada hech qanday dalil keltirilmagan. “Tolibon” harakati vakili Zabiull Mujohid Amerika nashrining ayblovlarini rasman rad etdi.

Avvalroq Sputnik radiosi Tramp NYTning Rossiya “Tolibon”ga “yordam bergani” toʻgʻrisida maqolasiga izoh berganini xabar qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala