TOSHKENT, 3 iyul - Sputnik. Styuardessalar yoʻlovchilar osmonda sodir etadigan eng xunuk odatlarni aytdilar. Bu haqda Expressga tayangan holda RIA Novosti xabar bermoqda.
Styuardessalardan birining ijtimoiy-xabar saytiga maʼlum qilishicha, ayrim odamlar parvoz vaqtida etiketga amal qilishni xohlamas ekan. "Ular narsalarni turli joylarga tiqishtirishni odat qilib olganlar. Bir martalik tagliklar, ovqat, qusuq uchun moʻljallangan paketlar — bularning barchasi oʻtirgʻichlar ostiga, kreslolar orqasidagi choʻntaklarga solinadi".
Styuardessaning aytishicha, samolyotlar faqatgina barcha reyslar yakunlanganidan soʻng tozalanadi.
Tez-tez parvoz qiluvchi yoʻlovchilardan biri: "Shuning uchun ham bortda nimagadir tegmaslikka harakat qilaman", - deya aytgan.