"Oʻzbek tilining izohli lugʻati" yangi tahrirda chop etildi

© Akademiya nauk RUzIzdana novaya redaktsiya «Tolkovogo slovarya uzbekskogo yazыka»
Izdana novaya redaktsiya «Tolkovogo slovarya uzbekskogo yazыka» - Sputnik Oʻzbekiston
Lugʻatning yangi tahririda esa jamiyatda yuz bergan oʻzgarishlar natijasida isteʼmolga kirib kelgan yuzlab yangi soʻz va atamalar kiritilgan.

TOSHKENT, 4 iyul - Sputnik. "Oʻzbek tilining izohli lugʻati" yangi tahrirda chop etildi, deb xabar bermoqda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi matbuot-xizmati.

V Uzbekistane naydenы otvetstvennыe za bannerы so skrыtoy reklamoy narkotikov - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Reklama oʻzbek tilida boʻlishi kerak - bosh vazir

Xabarda aytilishicha, "Oʻzbek tilining izohli lugʻati"ning yangi tahriri 3 ming nusxada qayta nashr etildi. 

Qayd etish joiz, OʻzR FA Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori institutining bir guruh lugʻatshunoslari tomonidan 2006 – 2008 yillarda 5 jildli "Oʻzbek tilining izohli lugʻati" yaratilgan va nashr etilgan edi.

Ushbu lugʻatga 80 mingga yaqin oʻzbek adabiy tilida keng isteʼmolda boʻlgan soʻz va soʻz birikmalari, fan, sanʼat, madaniyat va texnika sohalariga oid terminlar, shevalarda qoʻllanadigan soʻzlar, tarixiy atamalar jamlangan.

Lugʻatning yangi tahririda esa jamiyatda yuz bergan oʻzgarishlar natijasida isteʼmolga kirib kelgan yuzlab yangi soʻz va atamalar kiritilgan.

Masalan, broker, depozit, diler, konsalting, lizing, menejer, menejment, monitoring, nou-xau, sanatsiya, xolding, displey, internet, monitor, printer, sayt, skaner, fayl singari bir qancha yangi soʻzlar shular jumlasiga kiradi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala