Dunyoda

Jan-Klod Van Damm Habib Nurmagomedovga hamdardlik bildirdi

© Sputnik / Galina Kmit / Fotobankka oʻtishJan-Klod Van Damm
Jan-Klod Van Damm - Sputnik Oʻzbekiston
Van Dam oʻz soʻzida Abdulmanap Nurmagomedov bosib oʻtgan yoʻldan hayratlanishini hamda Habib va UFC dunyosiga hamdardlik bildirishini aytib oʻtgan.  

TOSHKENT, 7 iyul - Sputnik. Amerikalik taniqli aktyor, yakkakurash ustasi Jan-Klod Van Damm rossiyalik UFC chempioni Habib Nurmagomedovga otasining vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi. Bu haqida aktyor oʻzining Istagramida xabar yozgan. 

Oʻz soʻzida Van Dam Abdulmanap Nurmagomedov bosib oʻtgan yoʻldan hayratlanishini hamda Habib va uning oilasiga hamdardlik bildirishini aytib oʻtgan.  

"Birodar, biz sen bilan real hayotda hech qachon uchrashmagan boʻlsak ham, lekin men har doim sen bosib oʻtgan buyuk yoʻlga qoyil qolganman. Men bugun sen uchun ibodat qilaman. Joyingiz jannatdan boʻlsin. Omin. 

Habib Nurmagomedov va UFC dunyosiga samimiy hamdardligimni bildiraman", - deb iliq soʻzlarni yozgan Van Damm oʻz Instagram sahifasida.

Rossiyada xizmat koʻrsatgan trener, jangovar sambo boʻyicha 18 ta jahon chempionini tarbiyalagan Abdulmannap Nurmagomedov 3 iyul kuni koronavirus oqibatlaridan vafot etgan edi. U Dogʻistonda oʻzi yashab kelgan Kirovaul qishlogʻiga dafn etildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala