RTning taqiqlanishi: G‘arb Rossiyaga qarshi ishlashni unutib qo‘ygani haqida

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishPavilon kompanii RT (Russia Today)
Pavilon kompanii RT (Russia Today) - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Litva o‘z hududida RT-ning beshta kanalini translyatsiyasini taqiqladi. Bu Latviya hukumati shunga o‘xshash qadam qo‘ygandan bir hafta o‘tgach ro‘y berdi. Navbatda - Estoniya, uning tashqi ishlar vaziri ham shunga o‘xshash chora qo‘llanilishini istisno qilmadi.

 

Bu masala bo‘yicha Tallinning alohida pozitsiyasi imkoniyatlari unchalik katta emas ham: uchchala “Boltiqbo‘yi yo‘lbarslari”ning Rossiyaga qarshi an’anaviy kelishuvi va respublikada Sputnik agentligi ishlashiga to‘siqlarni yaratishda Estoniya hukumati eng faol va izchil bo‘lganliklarini hisobga oladigan bo‘lsak. Ma’lumki, kerakli natijaga erishish uchun ular agentlik xodimlariga jinoiy ta’qib tahdidi bilan ochiqdan-ochiq quvg‘in qilishdi.

RT telekanali anjumani - Sputnik O‘zbekiston
AQSh razvedkasi Sputnik va RT faoliyati bilan qiziqdi

Biroq, bu voqeada eng qizig‘i Vilnyusning qarorga rasmiy asos keltirishi. Unga muvofiq, o‘z navbatida G‘arb sanksiyalariga uchragan Dmitriy Kiselev, RTni boshqarayotganligi media-manbaga qarshi choralar ko‘rish uchun sabab bo‘lgan.

Gap hatto shunda ham emas-ki, bu bayonot noto‘g‘riligi sababli Litva hukumatiga piching izohlar bilan tanbeh berildi, bu izohlar mualliflari RTning aslida Dmitriy Kiselov boshqaradigan “Rossiya segodnya” HAA tuzilmalari bilan hech qanday aloqasi yo‘qligini esladilar.

Muhimrog‘i shundaki, xuddi shunga o‘xshashi oldin ro‘y berib bo‘lgan: bir hafta oldin, Latviya OAVlar bo‘yicha Milliy kengashi RTning taqiqlanishini telekanallar Dmitriy Kiselovning “amaldagi shahsiy nazorati ostida” ekanligi bilan izoh bergan edi. Keyin, xuddi shu tarzda, Margarita Simonyan va Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Latviya rasmiylarining ochiqdan-ochiq professionalsizligi va o‘zlarining qarorlarini ochiqdan-ochiq safsata ekanligi haqida bayonot berishdi.

Rukovoditel Sputnik Estoniya Yelena Cherisheva  - Sputnik O‘zbekiston
Sputnik Estoniya bosh muharriri OBSEga OAVga bosim haqida so‘zladi

O‘sha paytda, ro‘y berganni tasodif va ma’lum bir ijrochilarning xatolariga yo‘yish mumkin edi: axir, hech bir tizim ishini tushunmaganlar va palapartish ishlaydiganlardan kafolatlanmagan. Ammo bunday vaziyatda davlatga o‘zini orqaga tortishi uncha yaxshi emas, hatto o‘z amaldorlari ochiqchasiga zarba ostiga qo‘ysa ham.

Ammo Litvada ham vaziyat huddi shu tarzda qaytarilishi shuni aniq ko‘rsatadiki: hech qanday tasodif bo‘lmagan, bo‘lmaydi ham. Bularning barchasi Latviya va Litva hukumatlarining ongli pozitsiyasidir, bunda barcha “hah, shunday qolaversin” tamoyiliga tushadi.

RT uzatilishini taqiqlash siyosiy qaror ekanligi yaqqol. Ammo buni qonuniy “tozaroq” sabab bilan tushuntirishning iloji yo‘qmidi? Albatta bor. Ammo buning uchun ular ko‘proq harakat qilishi, mas’ul idoralarni harakatlantirishi, qonunchilikdagi teshiklarni qidirishi kerak edi.

Sergey Lavrov o situatsii so Sputnik Estoniya: eto vozmutitelno - Sputnik O‘zbekiston
Sputnik Estoniya atrofidagi vaziyat EI obro‘sidagi yana bir dog‘ bo‘ldi - Sergey Lavrov

Bir vaqtlar aynan qabul qilinayotgan qarorlarning tashqi nuqsonsizligiga amal qilishning yuridik mohirlik kabi hususiyat G‘arb demokratiyasining muhim kuzurlaridan biri bo‘lgan. U rasmiy protseduralarga rioya qilishga moyil bo‘lmagan boshqa siyosiy tizimlar fonida ancha edi.

Ammo o‘shandan beri juda ko‘p vaqt o‘tdi. RT uzatilishini taqiqlash masalasida, Boltiqbo‘yi mamlakatlari so‘nggi yillarda butunlay boshqa va ancha kuchli davlatlar tomonidan yaxshi yo‘lga qo‘yilgan yo‘ldan yurdi.

Amerikaliklar uchun noma’lum kukun bilan to‘ldirilgan naycha silkitishni, xalqaro hamjamiyat oldida Iroqqa bostirib kirishni oqlash uchun chindan ham mavjud bo‘lgan boshqa sabablarni qidirish o‘rniga qo‘ydi. Skripallarning zaharlanishi atrofida britaniyaliklar katta tomosha namoyish etdi - va ular hech qanday yaqqol, diqqat bilan qarashga loyiq bo‘lgan bu “teshiklardan” xijolat bo‘lishmadi. Adolatni o‘z milliy brendiga aylantirgan Niderlandi, MN17 ishi bo‘yicha sud jarayonida shunday “kulbitlar”ni uyushtirdiki, bundan hayron ham bo‘lib bo‘lmaydi.

Redaksiya Sputnik Estoniya - Sputnik O‘zbekiston
Sputnik Estoniya jurnalistlari redaksiya bilan mehnat munosabatlarini to‘xtatadilar

Nafaqat Rossiya, balki Xitoy, Eron, Venesuela va boshqa “yakkalangan mamlakatlar”ga kelsak, bunday misollar shunchalar ko‘p-ki, ular allaqachon kamdan-kam uchraydigan istisnolardan odatiy holga aylandi. Bunday fonda, Litva va Latviya hukumatlarining RT translyatsiyasini taqiqlash bilan bog‘liq pozitsiyasi nihoyatda uzviy uyg‘un ko‘rinadi: rasmiy asos sifatida bu safsatani e’lon qilib boshni og‘ritmasa ham bo‘ladi.

Bunda hatto qandaydir mantiq ham bor: Rossiyada qarshi qarashlarga ega auditoriyani “Kiselov RTni boshqarayotgani” (huddi shu tarzda, “Skripalni Putin zaharlagani” yoki “Donbas ustida Boingni Kreml urib tushirgani”) tug‘risida iddaolar qoniqtiradi, Rossiyaga, va uni yoqtiradigan davlatlarni esa G‘arb o‘z tomoniga ishontirish va og‘dirish masalasini ma’nisiz va mablag‘lar sarflashdan ma’no yo‘qligini tobora tushunib yetmoqda.

Simvol fleshmoba v podderjku Sputnik Estoniya - Sputnik O‘zbekiston
"Kuy yo‘q, ammo biz raqs tushmoqdamiz": estoniyalik siyosatshunos Sputnik haqida fikr bildirdi

Dastlab, bu (ochiqchasiga palapartish) yondashuv G‘arbning axborot, siyosiy, mafkuraviy va hatto ma’naviy monopoliyasi tufayli yuzaga keldi. Aynan shu tufayli u ma’lum bir vaqtda o‘z siyosatini, Rossiya va umuman olganda, o‘z raqobatchilarga nisbatan puhtalik bilan va professional ravishda ishlab chiqish zarur deb hisoblamay qo‘ydi. Natijada, u bu monopoliyani qo‘ldan chiqarganini, shu jumladan vakolatlarning yo‘qolishi tufayli va “hah, shunday ham bo‘laveradi” tamoyiliga  ishonib qolganini payqamay qoldi.

Endi vaziyat yangi bosqichga o‘tdi. Hozirda xuddi shu kuchlar samarali ishlash va jiddiy malakali harakatlar qilishdan ma’no ko‘rmayaptilar, chunki “o‘zimiznikilar eplanib oladi”, dushmanni esa baribir avrab bo‘lmaydi.

Bu yerda ajablanarli narsa shundaki, ular jiddiy ishonadilarki (va RT bo‘yicha pribaltlarning yaqindagi qarorlari buni tasdiqlaydi) bunday yuqori professional yondashuv yoki professional bo‘lmagan yondashuv ularni Rossiya ustidan mafkuraviy va geosiyosiy g‘alabaga olib keladi.

Yangiliklar lentasi
0