Iqtisod

“Har bir oila – tadbirkor” dasturi uchun qoʻshimcha 98 mln dollar ajratildi

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Fotobankka oʻtishDenejnыe kupyurы
Denejnыe kupyurы - Sputnik Oʻzbekiston
Mablagʻ pandemiya sharoitida turmush sharoiti ogʻirlashgan oilalarning bandligini taʼminlash orqali ularga daromad manbaini yaratish maqsadida ajratilgan.

TOSHKENT, 14 iyul — Sputnik. “Har bir oila – tadbirkor” dasturini hamda Namangan viloyatidagi kichik sanoat zonalarini rivojlantirishni moliyalashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, koronavirus pandemiyasi sharoitida ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti ogʻirlashgan oilalarning bandligini taʼminlash orqali ularga daromad manbaini yaratish maqsadida Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan “Har bir oila – tadbirkor” dasturi uchun qoʻshimcha ravishda 98 million AQSH dollari:

Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekiston hukumati pandemiya oqibatlarini yumshatishga qancha mablagʻ sarfladi

- “Agrobank” ATBga – 40 million AQSH dollari;

- AT Xalq bankiga – 30 million AQSH dollari;

- “Mikrokreditbank” ATBga – 28 million AQSH dollari ekvivalentida mablagʻlar ajratilishi belgilandi.

Shuningdek, qaror bilan mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatuvchi tashkilotlar hamda nodavlat notijorat tashkilotlariga yoshlar va xotin-qizlarni kichik tadbirkorlikka jalb qilish loyihalarini qoʻllab-quvvatlashga – 2 million AQSH dollari;

Namangan viloyatidagi kichik sanoat zonalari faoliyatini yanada rivojlantirish uchun Namangan viloyati hokimligiga – 50 million AQSH dollari ajratiladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala