Rossiyalik turistlarni qabul qilishga tayyor mamlakatlar roʻyxati ochiqlandi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Fotobankka oʻtishShezlongi na plyaje ostrova Velassaru (Maldivы).
Shezlongi na plyaje ostrova Velassaru (Maldivы). - Sputnik Oʻzbekiston
Sal oldin Rosaviatsiya xalqaro aviatashuvlarni bosqichma-bosqich tiklash sxemasini ishlab chiqqan edi. Unga koʻra, parvozlar birinchi navbatda epidemiologik sharoiti ijobiy boʻlgan davlatlardan  tiklanishi mumkin.

TOSHKENT, 14 iyul — Sputnik. Sakkizta davlat rossiyalik turistlarni maʼlum shartlar asosida qabul qilishga tayyorligini eʼlon qildilar, deb xabar qildi Rossiya turoperatorlari assotsiatsiyasi (ATOR) ijrochi direktori Mayya Lomidze.

Rabota aeroporta Vnukovo - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Rossiyada 15 iyuldan xorijdan kelayotganlar uchun 14 kunlik yakkalanish bekor qilinadi

"Bu Turkiya, Kuba, Dominikana, Meksika, Maldiv orollari, Xorvatiya, Misr va Arab Amirliklari. Bu davlatlar shubhasiz turistik yoʻnalishda boʻlib, ularga Rossiya bozorida talab kuchli", — dedi u.

Shu bilan birga, Lomidzening taʼkidlashicha, barcha joyda maʼlum cheklovlar mavjud. Aksariyat hollarda gap chegarani kesib oʻtayotganlar COVID-19 yoʻqligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma boʻlishi haqida bormoqda.

U, shuningdek, tez orada rossiyaliklar uchun chegaralarini ochishga tayyor boʻlgan davlatlar roʻyxati toʻldirilishini qoʻshimcha qildi.

"Oʻn oltinchi iyul kuni Abxaziya ochilish-ochilmasligi, ikki kun ichida esa Italiya davlatlarning yangilangan roʻyxatini tayyorlashga vaʼda bergan edi. Iyul oyi oxiriga kelib Ispaniya boʻyicha maʼlumot kutilyapti", - dedi ATOR ijrochi direktori.

Sal oldin Rosaviatsiya xalqaro aviatashuvlarni bosqichma-bosqich tiklash sxemasini ishlab chiqqan edi. Unga koʻra, parvozlar birinchi navbatda epidemiologik sharoiti ijobiy boʻlgan davlatlarga  tiklanishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala