Video

Oʻzbekistonda karantin: boʻm-boʻsh koʻchalar va yopilgan vokzallar

Respublika boʻylab karantin choralari kuchaytirilgandan keyin poytaxt qanday koʻrinishda? Megapolisning jim-jit koʻchalari – videomizda.

Shu kunlarda Oʻzbekistonda koronavirusga chalinish holatlari  koʻpaygani sababli hududlar oʻrtasida transport vositalari harakati cheklandi, jamoat transporti toʻxtatildi.

Kiyim-kechak bozorlari, sport zallari, fitness-klublari va basseynlar yopilgan. Bogʻchalar, umumiy ovqatlanish joylari (yetkazib berish xizmatlaridan tashqari), sanatoriy, pansionat va oromgohlar yana ishlamayapti.

Toshkent koʻchalari sezilarli darajada boʻshab qoldi, NOʻPlarda xavfsizlik choralari kuchaytirildi, haydovchilarning hujjatlar tekshirilib, tana harorati oʻlchanmoqda.

Sputnik Oʻzbekiston muxbiri shahardagi vaziyatni kuzatib, Milliy gvardiya va YHXX xodimlari bilan suhbatlashdi.

Agar aholi orasida kasallanganlar va vafot etganlar soni oʻsishi dinamikasi kuzatilsa, 1 avgustdan keyin karantin choralari uzaytirilishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala