Jamiyat

Oʻzbekistonda koronavirus: 17 iyul asosiy xabarlari

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Fotobankka oʻtishTestirovaniye na COVID-19 v laboratorii NII Sklifosovskogo
Testirovaniye na COVID-19 v laboratorii NII Sklifosovskogo - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Bir sutka davomida 133 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 15 482 nafarni tashkil qilmoqda.

TOSHKENT, 17 iyul — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida asosiy xabarlarni toʻpladi.

Kupol mecheti - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Koronavirusga chalingan yana bir ichki ishlar xodimi vafot etdi

Bir sutka davomida 133 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 15 482 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanishlar: 25 nafari - karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar, 47 nafari - Toshkent shahrida tana harorati koʻtarilgani tufayli profilaktika maqsadida hamda bemor bilan muloqotda boʻlgani sababli namuna olingan fuqarolar, 25 nafari - Andijon viloyatida, 22 nafari - Samarqand viloyatida hamda 14 nafari - Namangan viloyatida bemor bilan muloqotda boʻlgani sababli namuna olingan fuqarolar.

Davolanish koʻrsatkichi

Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 8 783 nafarga yetdi.

Ayni paytda 6 622 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Oʻlim holatlari

Toshkentlik 48 yoshli bemor koronavirusning navbatdagi qurboni boʻldi.

Koronavirusdan himoyalanganlar: vaktsinani sinab koʻrgan koʻngillilar uylariga kuzatildi - Sputnik Oʻzbekiston
Video
Koronavirusdan himoyalanganlar: vaktsinani sinab koʻrgan koʻngillilar uylariga kuzatildi

Yunusobod tumanida yashagan 48 yoshli fuqaro T.YO. (erkak) tana haroratining koʻtarilishi sababli namuna topshirgan. Joriy yil 29 iyun kuni unda "COVID-19" aniqlangan va yoʻtal, hansirash belgilari kuchayganligi sababli Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasi reanimatsiya boʻlimiga yotqizilgan.

Unga miokard infarkti, "COVID-19" infektsiyasi oʻta ogʻir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qoʻyilgan. Kasallik oʻng oʻpka spontan pnevmotoraksi, nafas yetishmovchiligi, oʻtkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan. 

Reanimatsion muolajalarga qaramasdan, bemor oʻtkir miokard infarkti, oʻtkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi.

Yana bir holat: Toshkent shahri Sirgʻali tumanida yashovchi 62 yoshli N.A.da (ayol) joriy yil 8 iyul kuni “COVID-19” tasdiqlangan va shahar 1-son klinik shifoxonasiga yotqizilgan.

Unga “COVID-19” infektsiyasining oʻta ogʻir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qoʻyilgan. Kasallik oʻtkir nafas hamda yurak qon-tomir yetishmovchiligi asorati bilan kechgan. Shuningdek, bemor yurak ishemik kasalligi, gipertoniya kabi hamroh xastaliklar bilan ham ogʻrigan.

Oʻtkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin ogʻirlashib, oʻtkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi.

Oʻzbekistonda jami 77 kishi pandemiya qurboni boʻldi.

MDH davlatlariga yordam

2020 yil fevral oyidan beri Rossiya 32ta davlatga COVID-19ga qarshi kurashishda yordam bermoqda. Gumanitar yuklarning yarmidan koʻpi MDH, Abxaziya va Janubiy Osetiyaga joʻnatildi.

Rossiya xorijga 734 ming dona koronavirusni aniqlash testlarini begʻaraz yordam sifatida yubordi. Bu hajmning deyarli 55 foizi yoki 402,7 ming donasini MDH mamlakatlari, Abxaziya va Janubiy Osetiya oldi. Markaziy Osiyo mamlakatlariga - Qirgʻiziston, Oʻzbekiston va Qozogʻistonga eng katta partiyasi joʻnatildi.

Rossiyada ishlab chiqarilgan oʻpkani sunʼiy ventilyatsiya qilish apparatlarini (IVL) eksport qilish ham muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Rossiya Sanoat va savdo vaziri Denis Manturov 600 donadan ortiq IVL apparati Oʻzbekiston, Belarus, Seriya va Italiya yuborilganini maʼlum qildi.

Rossiya okajet pomoщ Italii v borbe s COVID-19 - Sputnik Oʻzbekiston
Kolumnistlar
Rossiya MDH davlatlariga COVID-19 bilan kurashishda qanday yordam bermoqda

Bepul dori-darmon

Koronavirusdan uyida davolanayotgan bemorlar bepul dori-darmon bilan taʼminlanadigan boʻldi.

Uyida davlanayotgan bemorlarga "Gidroksixloroxin", "Azitromitsin", "Paratsetamol", "Vitamin S" kabi dori-darmonlar hamda bir martalik tibbiy niqoblarni belgilangan meʼyorda, bepul yetkazib berish yoʻlga qoʻyiladi.

Kovid va xususiy klinikalar

Respublikadagi barcha xususiy klinikalarga koronovirusga test olish va davolashga ruxsat berildi. Bosh vazir Abdulla Aripov rahbarligida boʻlib oʻtgan yigʻilishda xususiy klinikalarga koronavirusni aniqlash uchun PZR-testlar oʻtkazish va koronavirusga chalingan bemorlarni davolash huquqi taqdim etilgani taʼkidlab oʻtildi. 

Shuningdek, yigʻilishda Sogʻliqni saqlash vazirligi va hokimliklarga xususiy va nodavlat tibbiyot tashkilotlarining yuqorida koʻrsatilgan masalalarda faoliyatini tashkil etish boʻyicha yordam koʻrsatish topshirilgan.

Dunyo salomatligi

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 13,8 milliondan oshdi, 591 ming kishi vafot etdi. Eng koʻp holatlar AQShda (3,6 mln), Braziliyada (2,0 mln), Hindistonda (1,0 mln).

Yangiliklar lentasi
0