TOShKENT, 21-iyul — Sputnik. O‘zbekiston musulmonlar idorasi Qurbon hayitining birinchi kuni 31-iyulga to‘g‘ri kelishini ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, Misr Arab Respublikasidagi “Dorul Ifto” fatvo hay’ati tomonidan hijriy 1441-yil Zulhijja oyining birinchi kuni milodiy yil hisob bo‘yicha 2020-yil 22-iyul kuniga to‘g‘ri kelayotgani e’lon qilingan.
Shu munosabat bilan Saudiya Arabistonida haj ibodatini ado etayotganlar cheklangan adaddagi mahalliy ziyoratchilar 2020-yil 30-iyul, arafa kuni Arafot tog‘ida jam bo‘ladilar.
“2020 yil 31-iyul, juma kuni esa Zulhijja oyining 10-kuni bo‘lib, Islom olamidagi eng ulug‘ bayram Iydul-Azho – Qurbon hayitining birinchi kuni bo‘ladi”, - deyilgan xabarda.