Infografika

"Yermak" Oʻzbekistonga nimasi bilan maʼqul keldi?

Oʻzbekiston Rossiyadan 5ta "Yermak" rusumli yangi yuk elektrovozlari sotib olgan edi. Dunyoda eng quvvatli hisoblanadigan ushbu elektrovozlar nimalarga qodir ekanini infografikamizda tomosha qiling.

Yaqinda Toshkent Markaziy vokzalida "Yermak" tipidagi ikkita yangi uch sektsiyali elektrovoz namoyish etilgan edi. Yil yakuniga qadar yana shunday elektrovozlarning uchtasi keltirilishi rejalashtirilgan.

"Yermak" Elektrovozlar quvvati 9840 kVt/soatga teng. Harakatdagi minimal tezligi 49,9 kilometr/soatni, eng yuqori tezligi 110 kilometr/soatni tashkil etadi.

Ushbu temir yoʻl pahlavonining ustuvorlik tomonlari quyidagilardan iborat: 

  • seriyali model
  • foydalanish va texnik xizmat koʻrsatish oson
  • ehtiyot qismlar topish oson
  • yuqori yuk koʻtarish xususiyatiga ega
  • relyef va ogʻir sharoitlarga chidamli

Rossiyaning Novocherkassk elektrovagon zavodida ishlab chiqilgan ushbu elektrovoz haqida batafsil infografikamizda tomosha qiling. 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala