Migratsiya

Moskvada qirgʻizistonlik ayollarni jazolashga daʼvat qilindi - IIV surishtiruv boshladi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Fotobankka oʻtishDevushka vo vremya dojdya
Devushka vo vremya dojdya - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya IIV vakolatxonasida ommaviy amalga oshiriladigan noqonuniy chaqiriqlar uchun javobgarlik belgilab qoʻyilganini eslatishdi

TOSHKENT, 22 iyul — Sputnik. Rossiyadagi Qirgʻiziston IIV vakolatxonasi Moskvadagi qirgʻizistonlik ayollarga nisbatan zoʻravonlik harakatlariga daʼvat qilish aks etgan maqolalar holati yuzasidan tekshiruv ishlarini boshlab yubordi.

Jenщina obnimayet nogi. Illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Qozogʻistonlik ayol guruh boʻlib jinsiy zoʻrlandi: jinoyatchi Qirgʻizistonda qoʻlga olindi

Bu haqda vazirlik matbuot-xizmatiga tayangan holda Sputnik Qirgʻiziston xabar bermoqda.

QR IIV vakolatxonasi xabariga koʻra, ijtimoiy tarmoqlarda Rossiyada ishlab turgan bir guruh yosh yigitlarning videomurojaati tarqalmoqda. Ular chet elliklar bilan uchrashayotgan qirgʻizistonlik ayollarni jazolashga daʼvat qilmoqda.

IIV vakolatxonasi aybdorlar Rossiya qonunchiligi asosida javobgarlikka tortilishi mumkinligi haqida eslatgan va ushbu holat yuzasidan tekshiruv ishlari boshlanganligini maʼlum qilgan.

Bundan tashqari, kelajakda bu singari chiqishlar tarqalishining oldini olish maqsadida qirgʻiz diasporasi bilan uchrashuv rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala