Jamiyat

Oʻzbekistonda ehtiyojmand oilalarga moddiy yordam tarqatiladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik Oʻzbekiston
Hukumatning tegishli farmoyishiga asosan "Saxovat va koʻmak" fondi orqali ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga moddiy yordam tarqatiladi. Hududlardagi sektor rahbarlari 2 kun muddatda ushbu mablagʻlarni aholiga tarqatilishini taʼminlaydi.

TOSHKENT, 30 iyul - Sputnik. Hukumatning tegishli farmoyishiga asosan "Saxovat va koʻmak" fondi orqali Oʻzbekistonda ehtiyojmand oilalarga jami 150 mlrd soʻm moddiy yordam tarqatiladi.

Kalkulyator i kupyurы amerikanskix dollarov - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekistonga koronavirusga qarshi kurash uchun ajratilgan qarz 1 mlrd $ dan oshdi

Buning uchun Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan jami 150 mlrd soʻm ajratilishi belgilandi.

Ushbu mablagʻ hududlar kesimida quyidagicha taqsimlandi:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi - 10 mlrd; Andijon viloyati - 10 mlrd; Buxoro viloyati - 10 mlrd; Jizzax viloyati - 5 mlrd; Qashqadaryo viloyati - 20 mlrd; Navoiy viloyati - 5 mlrd; Namangan viloyati - 10 mlrd; Samarqand viloyati - 10 mlrd; Surxondaryo viloyati - 10 mlrd; Sirdaryo viloyati - 5 mlrd; Toshkent viloyati - 10 mlrd; Fargʻona viloyati - 10 mlrd; Xorazm viloyati - 10 mlrd; Toshkent shahri - 25 mlrd.

Hududlardagi sektor rahbarlari 2 kun muddatda ushbu mablagʻlarni aholiga tarqatilishini taʼminlaydi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala