Migratsiya

Rossiyaga 144 nafar oʻzbekistonlik ishlash uchun uchib ketdi

© Sputnik / Artem Jitenev / Fotobankka oʻtishPassajir v zale ojidaniya
Passajir v zale ojidaniya - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston fuqarolari 14 kunlik karantindan soʻng belgilangan epidemiologik talablar va karantin cheklovlariga rioya qilgan holda qurilish obʼyektlarida ish boshlashlari xabar qilinmoqda.

TOSHKENT, 31 iyul - Sputnik. Rossiyaga 144 nafar oʻzbekistonlik ishlash uchun uchib ketdi, deb xabar bermoqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi.

Denejnыe kupyurы i monetы raznыx stran - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Sabr tagi - sariq oltin: migrantlarning Rossiyadan pul oʻtkazmalari keskin koʻtarildi

"...rossiyalik ish beruvchilar va masʼul tashkilotlar bilan kelishgan holda bugun 144 nafar yurtdoshlarimiz Rossiyaning Amur viloyatidagi gazni qayta ishlash zavodi qurilishida ishlash uchun charter reys orqali uchib ketdi", - deyiladi agentlik matbuot-xizmati xabarida.

Taʼkidlanishicha, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan xorijiy mamlakatlardagi mehnat migrantlarining mavjud ish oʻrinlarini saqlab qolish, vaqtincha ishsiz qolgan yurtdoshlarimizni ular boʻlib turgan mamlakatlarning pandemiyadan nisbatan kamroq zarar koʻrgan boshqa soha va hududlariga ishga jalb qilish va karantin cheklovlari sababli chet elga ishga ketolmagan fuqarolarni xorijga ishga jalb qilish boʻyicha qator amaliy choralar koʻrilmoqda.

Sal oldin, iyun oyida 33 nafar oʻzbekistonlik yirik qurilish obʼyektlarida ishlash uchun Qozogʻistonning Sharqiy Qozogʻiston viloyatiga tashkillashtirilgan holda joʻnab ketgan edi.

Oʻzbekiston fuqarolari 14 kunlik karantindan soʻng belgilangan epidemiologik talablar va karantin cheklovlariga rioya qilgan holda qurilish obʼyektlarida ish boshlashlari xabar qilinmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala