Shifo, sabr va kuch-quvvat tilayman: Saida Mirziyoyevaning bayram tabrigi

© Facebook / Saida MirziyoyevaKomil Allamjonov i Saida Mirziyoyeva rasskazali o svobode pressi
Komil Allamjonov i Saida Mirziyoyeva rasskazali o svobode pressi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Saida Mirziyoyeva Qurbon hayiti munosabati bilan e’lon qilgan tabrik so‘zida barchadan sabr va duo qilishni so‘radi. 

TOShKENT, 31-iyul - Sputnik. Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Saida Mirziyoyeva o‘zbekistonliklarni Qurbon hayiti bilan tabrikladi. 

O‘z tabrik so‘zida kengash raisi bemorlarga - shifo va shifokorlarga kuch-quvvat tiladi.  

"Xastalikka qarshi mardonavor kurashayotganlarga shifo, ularga g‘amxo‘rlik qilayotganlarga esa sabr-toqat tilayman. Sizga kuch-quvvat yor bo‘lsin!... 24 soat davomida tik oyoqda ishlayotgan shifokorlarga ta’zim qilaman, ular salomatliklarini xatarga qo‘yib, bemorlarni davolashda davom etmoqdalar", - deyilgan tabrik so‘zida. 

Shuningdek Saida Mirziyoyeva barchadan sabr qilib kutishni va kasallik qurbonlari, yaqinlarini yo‘qotganla va farzandlarini qornini to‘ydirish uchun ishlayotganlar va hayr ehson qilayotganlar uchun duo qilishni so‘ragan. 

Tabrik so‘zi bilan batafsil quyida tanishishingiz mumkin. 

Yangiliklar lentasi
0