Madaniyat

Buxorodagi 7ta madaniy obʼyekt YUNESKO umumjahon merosi roʻyxatini toʻldirishi kutilmoqda

© Goskomturizm UzbekistanaSʼyemka dostoprimechatelnostey Buxarы s vыsotы ptichyego poleta
Sʼyemka dostoprimechatelnostey Buxarы s vыsotы ptichyego poleta - Sputnik Oʻzbekiston
YUNESKOning umumjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan obʼyektlar sonining ortishi respublikaga tashrif buyuruvchi sayyohlar sonining koʻpayishiga olib kelishiga ishonamiz, deyiladi madaniyat vazirligi xabarida

TOSHKENT, 8 avg - Sputnik. Buxoro viloyatidagi yana 7 ta madaniy meros obʼyektlarini YUNESKOning Umumjahon merosi roʻyxatiga kiritish boʻyicha nomzodlik hujjatlari tayyorlandi, deb xabar bermoqda Madaniyat vazirligi matbuot-xizmati.

Uzbekskiy natsionalnыy tanets - Sputnik Oʻzbekiston
Madaniyat
Xorazmning Lazgisi YUNESKO roʻyxatiga kiritildi

"Madaniyat vazirligi, YUNESKO ishlari boʻyicha milliy komissiya, Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi bilan birgalikda Markaziy Osiyo xalqaro tadqiqotlar institutini jalb qilgan holda "Ipak yoʻli: Zarafshon daryosi va Qayroqum yoʻnalishi" (Oʻzbekiston, Tojikiston va Turkmaniston) chegeralararo obidalari qatorida Buxoro viloyatida joylashgan Chor-Bakr va Bahouddin Naqshband majmualari, Vobkent minorasi va Chashmai Ayub maqbarasi arxitektura obʼyektlari hamda qadimgi Poykent, Varaxsha va Vardonze shahar qoldiqlarini YUNESKOning Umumjaxon merosi roʻyxatiga kiritish boʻyicha, xalqaro mezonlarga asosida nomzodlik hujjatlari tayyorlanmoqda", - deyiladi xabarda. 

YUNESKOning umumjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan obʼyektlar sonining ortishi respublikaga tashrif buyuruvchi sayyohlar sonining koʻpayishiga olib kelishiga ishonamiz, deyiladi madaniyat vazirligi xabarida.

Oʻzbekiston BMTning taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha ixtisoslashgan tashkiloti YUNESKOga 1993 yilda aʼzo boʻlib, Umumjahon madaniy va tabiiy merosni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi konventsiya 1995 yilning 22 dekabrida Oʻzbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan.

Konventsiya doirasida Xiva shahridagi "Ichan-qalʼa", "Samarqand – madaniyatlar chorrahasi" obʼyekti, Buxoro va Shahrisabz tarixiy markazlari hamda Chotqol biosferasi (tabiiy meros) Umumjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala