Mirziyoyev Lukashenkoga telefon qildi: yetakchilar nimaga kelishdi?

Obuna bo‘lish
Ikki tomonlama munosabatlar kun tartibidagi hamda mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi an’anaviy yaqin hamkorlikka doir dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi

TOShKENT, 11 avg - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10-avgust kuni Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar bermoqda prezident matbuot-xizmati.

Traktor Belarus 3522 - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda Belarus milliy mahsulotlari ko‘rgazmasi o‘tkaziladi

Suhbat avvalida Mirziyoyev Aleksandr Lukashenkoni bo‘lib o‘tgan Prezident saylovidagi ishonchli g‘alabasi bilan tabriklab, unga Belarusning barqaror taraqqiyoti va ravnaqini ta’minlash yo‘lida yangi zafarlar tiladi.

Ikki tomonlama munosabatlar kun tartibidagi hamda mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi an’anaviy yaqin hamkorlikka doir dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi.

Keyingi yillarda O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi ko‘p qirrali aloqalar, avvalo savdo-iqtisodiy sohadagi amaliy hamkorlik jadal rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Oliy darajadagi kelishuvlarni o‘z vaqtida amalga oshirish, ikki mamlakat yetakchi korxonalarining kooperatsiyasi bo‘yicha istiqbolli loyihalarni ilgari surish va madaniy-gumanitar almashinuv dasturlarini kengaytirish maqsadida o‘zaro muloqotni, shu jumladan qo‘shma Hukumatlararo komissiya doirasida faollashtirishga kelishib olindi.

Yangiliklar lentasi
0