Jamiyat

Dangasalik xavfli kasallikning alomati boʻlishi mumkin - psixiatr

CC0 / JESHOOTS-com / Devushka v posteli yest popkorn i derjit pult. Arxivnoye foto
Devushka v posteli yest popkorn i derjit pult. Arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Dangasalik xavfli kasallikning alomati boʻlishi mumkin - Serbiya psixiatriya markazining dotsenti Pavel Katchalov.

TOSHKENT, 13 avg — Sputnik. Dangasalik xavfli kasallikning alomati boʻlishi mumkin. Bu haqda psixiatr, Parij psixoanalitik jamiyatining aʼzosi, Serbiya psixiatriya markazining dotsenti Pavel Katchalov Sputnik radio efirida maʼlum qildi.

Izobrajeniye novogo koronavirusa atipichnoy pnevmonii SARS-CoV-2. Takje izvestnыy kak 2019-nCoV - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Mirziyoyev kasallik alomatlarini sezgan fuqarolarga shifokorga murojaat etishni maslahat berdi

Uning soʻzlariga koʻra, dangasalik koʻpincha organizmning himoya reaktsiyasining bir turi boʻlib, keraksiz ishlardan xalos boʻlishga yordam beradi.

“Boshqalar tomonidan taklif qilinadigan yoki oʻzlari odat qilib yelkalariga yuklab oladigan maʼnosiz ishlardan himoyalanish maqsadida qoʻllanadigan - normal dangasalik mavjud. Shunda dangasalik kutishga, fikrni oʻzgartirishga imkon beradi va ishning bir qismi oʻz ahamiyatini yoʻqotadi. Yaʼni, dangasalik - bu juda sergʻayrat odamlar baʼzan oʻzlariga yoki boshqalarga yuklashga harakat qiladigan ortiqcha ishdan himoya boʻlishi mumkin”, - deb taʼkidladi Kachalov.

Boshqacha vaziyat boʻlishi mumkin, faqat tashqi jihatdan dangasalikka oʻxshaydi, bunda odam oʻzini kerakli harakatlarni bajarishga majbur qila olmaydi. Bu kasallik holat boʻlib, unda mutaxassisning yordami talab qilinishi mumkin.

"Ehtimol, gap depressiya haqida ketmoqda. Bunday holatda psixiatrga murojaat qilish zarur. Hozir juda koʻp samarali antidepressantlar bor. Birdan oʻzgargan, avvalgi oʻziga oʻxshashlikni yoʻqotgan, oddiy harakatlarni amalga oshira olmagan har qanday odamga psixiatrdan yordam olishni maslahat berish yoki antidepressantlarni sinab koʻrish kerak”, - deydi psixiatr.

Agar muammo vaqti-vaqti bilan takrorlanib tursa, davolanish yordam berishi kerak, deb qoʻshimcha qildi ekspert.

Yangiliklar lentasi
0