Jamiyat

Rossiya vaktsinasiga 20tadan ziyon davlat qiziqish bildirdi

© RFPI i tsentra imeni Gamalei / Mediabankka oʻtishPervaya v mire vaktsina ot koronavirusa
Pervaya v mire vaktsina ot koronavirusa - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Dunyoda birinchi boʻlib roʻyxatga olingan koronavirusga qarshi vaktsinaga yigirmadan ortiq davlat "amaliy qiziqish" bildirdi.

TOSHKENT, 13 avg — Sputnik. Dunyoda birinchi boʻlib roʻyxatga olingan koronavirusga qarshi vaktsinaga yigirmatadan ortiq davlat "amaliy qiziqish" bildirdi. Bu haqda TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova maʼlum qildi.

Taʼkidlash kerakki, bir qator Gʻarb davlatlari bu yutuqni keskin tanqid qilishdi. Rossiya Federatsiyasi Sogʻliqni saqlash vazirligida "xorijiy hamkasblar, ehtimol, Rossiya preparatining maʼlum bir raqobat va afzalligini his qilishmoqda" deb aytishdi.

Binnofarm farmatsevtika zavodida COVID-19ga qarshi vaktsina ishlab chiqarish jarayoni  - Sputnik Oʻzbekiston
Foto
Hamma kutyapti: COVID-19'ga qarshi vaktsina qanday ishlab chiqarilmoqda

Vazirlikda, shuningdek, vaktsina yaratilgan platforma mutlaqo xavfsiz ekanligini va boshqa preparatlarni ixtiro qilish va ishlab chiqarishda oʻz samaradorligini isbotlaganligini taʼkidladi.

Shuningdek, vaktsina ishlab chiqilgan Gamaleya milliy epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy markazida Gʻarbning tanqidiga javob berildi.

Markaz rahbari Aleksandr Gintsburg taʼkidlaganidek, boshqa reaktsiyani kutish - soddalik boʻlardi.

"Oʻylab koʻring, agar Rossiya vaktsinasi tufayli maʼlum odamlar, firmalar milliardlab dollardan mahrum boʻlsa, qanday munosabatni koʻrmoqchisiz? Menimcha, reaktsiya mutlaqo normal. Bu chumolilar uyasiga suqilgan tayoq kabi", - dedi olim "Rossiya 24" efirida.

Biroq, bir qator mamlakatlarda, aksincha, ular Rossiya vaktsinasini roʻyxatdan oʻtkazilishi bilan qutladilar. Ushbu yutuqni BSST ham mamnuniyat bilan qabul qildi.

Tashkilot pandemiyani yengish yoʻllarini topish uchun rossiyalik olimlar bilan birgalikda ishlashga qiziqish bildirdi.

Shu bilan birga, Zaxarova Moskva preparatni qoʻllash boʻyicha BSST bilan yaqin aloqada ekanligini taʼkidladi.

Yangiliklar lentasi
0