Dunyoda

Mega-zilzila yaqinlashmoqda. Olimlar Kaliforniyani falokat haqida ogohlantirdi

© AP Photo/Ringo H.W. ChiuDыm ot lesnыx pojarov, vыzvannыx anomalnoy jaroy, nad Los-Andjelesom, Kaliforniya, SSHA
Dыm ot lesnыx pojarov, vыzvannыx anomalnoy jaroy, nad Los-Andjelesom, Kaliforniya, SSHA - Sputnik Oʻzbekiston
AQSH Geologik xizmati mutaxassislari Kaliforniyada zilzila yuz berishi mumkinligi va u falokatga aylanishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

TOSHKENT, 14 avg - Sputnik. AQSH Geologik xizmati mutaxassislari Kaliforniyada zilzila yuz berishi mumkinligi va u falokatga aylanishi mumkinligi haqida ogohlantirdi, deb xabar beradi "Planeta Novosti" portali.

Politolog Yuriy Pochta - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
AQSH nima sababdan Belarusga qarshi sanktsiyalar haqida oʻylanib qoldi?

OAV xabarlariga koʻra, oxirgi paytlari Solton-Si koʻli atrofida 2,6-4,6 ball magnitudali silkinishlar qayd etilgan. Xususan, 10 avgust dushanba kuni datchiklar San-Andreas yorigʻi boʻylab oʻndan ortiq qisqa muddatli silkinishlarni qayd etdi.

Yorigʻlar chizigʻi boʻylab silkinishlar soʻnggi 90 yil ichida toʻrtinchi marta qayd etilmoqda. Olimlarning hisob-kitoblariga koʻra, keyingi 30 yil ichida ushbu geografik kengliklarda halokatli kuchga ega seysmik hodisa vujudga kelish ehtimoli 20% ni tashkil etadi. Geologik xizmat ehtimoliy ofat belgilarini kuzatishda davom etmoqda.

Avvalroq Sputnik radiosi vulqonshunos-olim Ivan Kulakov yaqin kelajakda Yerda global iqlim oʻzgarishiga olib kelishi mumkin boʻlgan vulqonning katastrofik otilishini roʻy berishi mumkinligini taʼkidlaganini maʼlum qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala