Video

Pompeo “Tolibon bilan aloqa uchun” Rossiyaga dagʻdagʻa qildi. RF isbot talab qilmoqda

AQSH Davlat kotibi Mayk Pompeo agar Rossiya toliblarga Afgʻonistondagi amerikalik harbiylarning qotilligi uchun pul toʻlagan boʻlsa, RF uchun bu "oʻta qimmatga" tushishini aytib, tahdid qildi.

Voqea iyun oyida The New York Times’da chop etilgan maqoladan boshlandi. Amerika gazetasi mualliflari taʼkidlashicha, Moskva Amerika harbiylarini oʻldirish uchun Afgʻonistondagi terrorchilarga pul toʻlamoqda. Maqolada hech qanday aniq dalillar keltirilmagan. Faqat asossiz bayonotlar. Ular ham maxsus xizmatlarning nomaʼlum manbalaridan olingan maʼlumotlarga asoslanadi.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi The New York Times maqolasini soxta deb atadi va AQShdan dalil talab qildi. Amerikaliklar balandparvoz gaplar ortida nimani yashirishga harakat qilmoqda va Rossiyani terrorchilar bilan aloqa qilishda ayblov Trampga yordam beradimi? – bular haqda videomizda bilib olishingiz mumkin.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala