Rossiyada koronavirusga qarshi vaktsina ishlab chiqarilishi boshlandi

© Sputnik / AFK Sistema / Fotobankka oʻtishProizvodstvo vaktsinы ot COVID-19 na farmatsevticheskom zavode "Binnofarm"
Proizvodstvo vaktsinы ot COVID-19 na farmatsevticheskom zavode Binnofarm - Sputnik Oʻzbekiston
Preparat ishlab chiqilishiga Rossiya toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar fondi ham hissa qoʻshdi. Fond rahbari Kirill Dmitriyev ayni vaqtda 20dan ortiq davlatdan milliard doza vaktsinaga ariza kelib tushgani haqida maʼlum qildi.

TOSHKENT, 15 avg — Sputnik. Sogʻliqni saqlash vazirligi Rossiyada COVID-19ga qarshi vaktsina ishlab-chiqarilishi yoʻlga qoʻyilgani haqida xabar qildi.

Press-podxod D. Trampa pered otletom v Detroyt - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Tramp Rossiyaning koronavirusga qarshi vaktsinasi haqida fikr bildirdi

Ushbu preparat Gamaleya nomidagi epidemiologiya i mikrobiologiya milliy tadqiqot markazi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan.

Eslatib oʻtamiz, shu haftada Vladimir Putin Rossiya dunyoda birinchi boʻlib COVID-19ga qarshi preparatni roʻyxatdan oʻtkazgani haqida xabar bergan edi. Vaktsina "Sputnik V" deya nom oldi.

Preparat ishlab chiqilishiga Rossiya toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar fondi ham hissa qoʻshdi. Fond rahbari Kirill Dmitriyev ayni vaqtda 20dan ortiq davlatdan milliard doza vaktsinaga ariza kelib tushgani haqida maʼlum qildi.

Rossiya dunyoda birinchi boʻlib COVID 19 ga vaktsinani roʻyxatga oldi - Sputnik Oʻzbekiston
Video
Rossiya dunyoda birinchi boʻlib COVID-19 ga qarshi vaktsinani roʻyxatga oldi - video

Shu bilan birga, Rossiya beshta davlat hududida vaktsina ishlab chiqarilishini yoʻlga qoʻyish boʻyicha kelishuvga erishgan.

Dorivor oʻsimliklar davlat reyestri axborotiga koʻra, preparat muskullar ichiga yuboriladigan eritma koʻrinishida boʻladi. Vaktsinatsiya ikki bosqichda amalga oshiriladi: dastlab — I komponent, soʻngra uch haftadan soʻng — II komponent bilan.

Sogʻliqni saqlash vazirligi axborotiga koʻra, ikki bosqichli sxema davomiyligi ikki yilgacha boʻlgan immunitetni shakllantirishga imkon beradi.

Idora shuningdek, preparatning klinikga qadar va klinik sinovlari haqida maʼlumotlar eʼlon qilinishi haqida xabar bergan. Rossiya Sogʻliqni saqlash vazirligi Mixail Murashko chet eldan yangrayotgan tanqidlar, koʻpdan koʻp hollarda "maʼlumotlar tanqisligi" bilan bogʻliqligini, "vaktsina - negizida oltita mahsulot yaratilgan platformada ishlab chiqilganini" koʻpchilik bilmasligini qayd etgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala