Lavash ko‘ylak va makaron shortik - antiqa klipni 3 kunda 7,5 mln kishi tomosha qildi

© Facebook / Little BIGLototip gruppi "Little BIG"
Lototip gruppi Little BIG - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Pandemiya tufayli Yevrovidenie 2020ga bora olmagan rossiyalik musiqali guruh o‘zining yangi kliplari orqali butun dunyoga mashhur bo‘lmoqda.

TOShKENT, 18 avg - Sputnik. Sankt-Peterburg shahrida ijod qiluvchi Little Big guruhining yangi klipini 3 kun ichida 7,5 mln kishi tomosha qildi.

"Tacos" nomli yangi klip Youtubeda 14-avgust juma kuni paydo bo‘lgan edi. Seshanba kuni soat 11:30 holatiga uni 7 mln 541 ming marta tomosha qilishgan. Bu o‘ziga xos yangi rekord bo‘ldi. 

Eslatib o‘tamiz, 2020-yil boshida Little Big guruhi Rossiya nomidan Yevrovidenie tanlovida ishtirok etishi kerak edi, lekin Koronavirus pandemiyasi tufayli ushbu rejalar barbod bo‘ldi. Shunga qaramasdan guruhning tanlov uchun maxsus tayyorlangan "UNO" qo‘shig‘i internetda juda mashhur bo‘lib ketdi. Tanlovning rasmiy sahifasi orqali ushbu qo‘shiqni 143 mln marta tomosha qilingan. 

Bugungi kunda Little Big xorijda eng taniqli bo‘lgan Rossiyalik musiqachilar guruhidir. Bir necha yil oldin xorijiy davlatlargan faqat Tatu guruhini taklif qilishar edi. Oxirgi vaqtlarda esa Little Big xorijda ommaviylik bo‘yicha birinchilikni egallab olgan. 

Darvoqe, guruh solisti Ilya Prusikin ijodkorlik faoliyatini dastlab blogerlikdan boshlagan. U 1985-yilda Zabaykalye viloyatida (Sibir) tug‘ilib o‘sgan, bir necha yil oldin Leningrad viloyatiga ko‘chib o‘tgan. 

 

Yangiliklar lentasi
0