Infografika

Oʻzbekistonda mahbuslar necha pul oylik oladi?

Oʻzbekiston qamoqxonalarida qancha mahbus bor, ulardan qanchasi foydali mehnatga jalb qilingan va qancha maosh oladi? Ushbu haqida batafsil infografikamizda tomosha qiling.

IIV ilk bor taqdim etgan statistik maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekiston qamoqxonlarida salkam 23 ming kishi jazo oʻtamoqda. Respublikada har 100 ming aholi soniga 67 mahbus toʻhri keladi. Dunyo miqyosida bu oʻrtacha koʻrsatgich. Oʻzbekiston 222 davlat ichida 105 oʻrinni egallagan. 

Oʻzbekistonda jami 43ta jazoni oʻtash muassasasi boʻlsa, shulardan 18tasi yopiq turdagi qamoqxonalar va 25tasi manzil-koloniyalardir. Bugungi kunda qamoqxona oʻrinlari 56,4 %ga toʻlgan. 

IIV xabariga koʻra jazoni ijro etish muassasalarida 100 dan ortiq turdagi mahsulot ishlab chiqarilmoqda va mehnatga layoqatli mahkumlarning 80 % ishga jalb etilgan. Mahbuslar oʻtacha maoshi 700-800 ming soʻmni tashkil qilmoqda.

Oʻzbekiston qamoqxonalari haqida batafsil infografikamizda tomosha qiling. 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala