Dam olish kunlari Oʻzbekistonga janubdan issiq va quruq oqim kiradi

© REUTERS / Francois LenoirJenщina pyet vodu v parke v tsentre Bryusselya, Belgiya
Jenщina pyet vodu v parke v tsentre Bryusselya, Belgiya - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonda dam olish kunlarida va keyingi hafta boshida yana yoz issigʻi kuzatiladi, deb xabar qilmoqda Oʻzgidromet

TOSHKENT, 21 avg - Sputnik. Dam olish kunlari Oʻzbekistonga janubdan issiq va quruq oqim kiradi, deb xabar bermoqda Oʻzgidromet.

“Oʻlim vodiysi”da (Kaliforniya, AQSH) termometr ustunlari +54,4 darajaga koʻtarildi - Sputnik Oʻzbekiston
Foto
Tuxum qovurilyapti: “Oʻlim vodiysi”da jazirama rekordi yangilandi

Xabarga koʻra, dam olish kunlari respublika hududiga xorijiy janubdan issiq va quruq oqim kirishi kuchayadi. Mamlakatning katta qismida ob-havo kam bulutli boʻladi. Harorat koʻtarilib yakshanba kuni kunduzi 37-39 darajagacha yetadi, bu meʼyordan 4-6 darajaga yuqoridir.

23 avgustda respublikaning shimoliy tumanlarida Kavkaz hududidan kiradigan kam nam havo hisobiga ob-havo oʻzgaradi.

Qoraqalpogʻistonda va Xorazm viloyatida bulutlilik ortadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi, faqat Orolboʻyi tumanlarida qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin.

Dushanba kuni Oʻzbekiston hududining katta qismida bulutlilik ortadi, biroq yuqori harorat foni saqlanib turadi, faqat respublikaning shimoliy tumanlarida harorat 28-33 darajagacha pasayadi. 23 avgustda shimoliy viloyatlarda, 24 avgustda barcha viloyatlar boʻyicha ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala