Jamiyat

Oʻzbekistonda koronavirus: 21 avgust asosiy xabarlari

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Fotobankka oʻtishRabota GKB № 15 im O. M. Filatova
Rabota GKB № 15 im O. M. Filatova  - Sputnik Oʻzbekiston
Sutka davomida 253 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 37 946 nafarni tashkil qilmoqda.

TOSHKENT, 21 avg — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida asosiy xabarlarni toʻpladi.

Ofitsialnыy predstavitel Ministerstva inostrannыx del Rossii Mariya Zaxarova - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Rospotrebnadzor mutaxassislari Oʻzbekistonga tashrif buyuradi - Zaxarova

Bir sutka davomida 253 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 37 946  nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 113 nafari Toshkent shahrida, 5 nafari Toshkent viloyatida hamda 3 nafari Andijon viloyatida tana harorati koʻtarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sogʻayish koʻrsatkichi

Bugunning oʻzida 367 nafar bemor tuzalib, oʻz uylariga kuzatildi. Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 33 809 nafarga yetdi. Sogʻayish koʻrsatkichi 89 foizga yetdi.

Ayni paytda 3 879 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Oʻlim holatlari

Kun davomida koronavirusga chalingan 4 nafar bemor – Shayxontohur tumanida yashagan 49 yoshli X.A. (erkak) hamda 44 yoshli R.A. (erkak), Yashnobod tumanida yashagan 74 yoshli O.S. (erkak) hamda Uchtepa tumanida yashagan 59 yoshli G.M. (ayol vafot etdi.

Oʻzbekistonda jami 258 kishi pandemiya qurboni boʻldi.

Bogʻchalar qay tartibda ishlaydi

"COVID 19 pandemiyasi davrida maktabgacha taʼlim tashkilotlarining ish faoliyatiga qoʻyiladigan vaqtinchalik sanitariya-gigiyenik talablar" Adliya vazirligida huquqiy ekspertizadan oʻtkazilib, roʻyxatga olindi. Hujjat COVID-19 infektsiyasi tarqalish xavfi bilan bogʻliq sanitariya-epidemiologik vaziyatda, turi, tashkiliy-huquqiy va mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar, maktabgacha taʼlim tashkilotlari (MTT)ning ish faoliyatiga nisbatan tatbiq etiladi.

Vstupitelnыe ekzamenы v Tashkentskiy filial MISiS - Sputnik Oʻzbekiston
Ochiq sport maydonidagi ilk imtihonlar "MISiS"dan boshlandi

Rospotrebnadzor mutaxassislarining tashrifi

Rospotrebnadzorning bir guruh mutaxassislari koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashning tashkiliy choralari boʻyicha maslahat berish uchun yaqin orada Oʻzbekistonga tashrif buyurishi mumkin. Bu haqida Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova xabar qildi.

Dunyo salomatligi

Dunyo boʻylab infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 22,7 milliondan oshdi, 793 ming kishi vafot etdi, 14,5 million kishi tuzaldi. Eng koʻp holatlar AQShda (5,6 mln), Braziliyada (3,5 mln), Hindistonda (2,9 mln).

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala