Jamiyat

Oʻzbekiston hukumati Chashma bulogʻi voqealarida vayron boʻlgan uylarni tiklab berdi

© Press-slujba GSB UzbekistanaVlasti Uzbekistana vosstanovili doma razrushennыe vo vremya konflikta v uzbeksko-kыrgыzskoy granitse
Vlasti Uzbekistana vosstanovili doma razrushennыe vo vremya konflikta v uzbeksko-kыrgыzskoy granitse - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston hukumati xonadonlari talafot koʻrgan fuqarolarning uylari qurilish-taʼmirlash ishlariga 600 million soʻm mablagʻ yoʻnaltirdi.

TOSHKENT, 21 avg - Sputnik. Oʻzbekiston hukumati Chashma bulogʻi voqealarida talafot koʻrgan ikki oilaga tegishli xonadonlar tiklab berildi, kuni kecha ushbu xonadonlarning foydalanishga topshirish tadbiri oʻtkazildi, deb xabar berdi DXX matbuot-xizmati.

Pervыy vitse-premyer-ministr Kыrgыzstana Kubatbek Boronov vstretilsya s premyer-ministrom Uzbekistana Abdulloy Aripovыm na propusknom punkte Chechme-Avtodorojnыy v Batkenskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Chegaradagi mojaro: Aripov va Boronov nimalar toʻgʻrisida kelishib oldi

"Tadbirda mahalla faollari bilan birga DXX Chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchilari ham ishtirok etishdi. Xonadon egalari koʻrsatilgan yordam va ehtirom uchun davlatimiz rahbariyatiga oʻz minnatdorchiliklarini izhor qilishdi", - deyiladi xabarda.

Oʻzbekiston-Qirgʻiziston chegarasida joylashgan Chashma bulogʻi oldida 31 may kuni ikki mamlakat fuqarolari oʻrtasida mojaro yuz bergan edi. Ushbu noxush voqealarda Chashma mahallasida yashovchi fuqarolar - Rahmatjon Toʻxtasinov va Ravshanjon Toʻxtanazarovlarning xonadonlari katta talafot koʻrgan.

Oʻzbekiston hukumati tomonidan bu xonadonlarni tiklash boʻyicha topshiriqlar berilgan. Berilgan topshiriqqa koʻra, Toʻxtasinovning xonadoni kapital taʼmirlangan, fuqaro Toʻxtanazarovga yangitdan uy qurib berilgan.

Qurilish-taʼmirlash ishlariga Oʻzbekiston hukumati tomonidan 600 million soʻm mablagʻ yoʻnaltirilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala