Jamiyat

Afgʻonistondagi hujumda jarohat olgan oʻzbekistonlik Termizda davolanmoqda

© Flickr / ResoluteSupportMediaMost "Drujbы" cherez reku Amudaryu na granitse Uzbekistana i Afganistana
Most Drujbы cherez reku Amudaryu na granitse Uzbekistana i Afganistana - Sputnik Oʻzbekiston
Afgʻonistonda qurolli hujumda jarohatlangan Oʻzbekiston temiryoʻl kompaniyasi xodimi Termizdagi kasalxonaga olib kelindi.

TOSHKENT, 24 avg - Sputnik. Afgʻonistondagi qurolli hujum oqibatida jarohat olgan Oʻzbekiston fuqarosi Termizda davolanmoqda. Bu haqida Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar qildi. 

"Ayni damda jarohatlangan oʻzbekistonlik – "Soʻgʻdiyona trans" korxonasining koordinatsiya boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari Termiz shahridagi kasalxonaga yetkazildi", - deyilgan xabarda.

Eslatib oʻtamiz, 20 avgust kuni Mozori-Sharif shahri yaqinidagi temir yoʻl qoʻriqchilariga nomaʼlum jangarilar guruhi tomonidan hujum uyushtirilgan edi. Unda ikki nafar Afgʻoniston fuqarosi halok boʻlgan va bir nafar Oʻzbekiston fuqarosi jarohat olgan edi. "Soʻgʻdiyona trans" korxonasi ishchi-xodimlarini ish joyiga olib ketish uchun kelgan masʼullar Hayraton ishchilar yashash bazasidan chiqishganda hujumga uchragan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala