Dunyoda

Lukashenko oʻz qarorgohiga qoʻlida avtomat bilan vertolyotda uchib keldi - video

Belarus prezidenti Mustaqillik saroyiga vertolyotda oʻzining 15 yoshlik oʻgʻli bilan yetib keldi, bu yerda 22 avgust kuni namoyishchilar yigʻilishgan edi.

Lukashenko Minskdagi qarorgoxiga qoʻlida avtomat bilan yetib keldi. 

Lavhada koʻrinib turibdiki, Belarus yetakchisi vertolyotdan qoʻlida avtomat bilan tushmoqda. Xabar berilishicha uning ustida bronejilet ham boʻlgan.

Lukashenko joylashgan Gʻoliblar shohkoʻchasi toʻsib qoʻyilgan.

Kuni kecha bu yerda amaldagi hukumatga qarshi yangi namoyish boʻlib oʻtdi, koʻchalarga  bir yuz mingga yaqin odam chiqdi.

Ular Lukashenkoning isteʼfosini va namoyishchilarga nisbatan zoʻravonlik qilgan huquq-tartibot hodimlarini javobgarlikka tortilishini talab qilmoqdalar

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala