Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting
Jamiyat

OTMning bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish tartibiga oʻzgartirishlar kiritildi

© TelegramV Uzbekistane otmenili medspravku dlya abituriyentov
V Uzbekistane otmenili medspravku dlya abituriyentov - Sputnik Oʻzbekiston
Oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

TOSHKENT, 24 avg — Sputnik. Hukumat qarori bilan Oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Studentы sdayut vstupitelnыy ekzamen v universitet - Sputnik Oʻzbekiston
OTMga test sinovlari 2 soat davom etadi - DTM

Qaror bilan Badiiy akademiyaning tasviriy sanʼat boʻyicha respublika tanlovi gʻoliblari OTMga tanlovdan tashqari kirish imtihonlarisiz davlat grantlari asosida qabul qilinishi bekor qilindi.

Nizomga kiritilgan qoʻshimchalarga koʻra:

- Badiiy akademiyaning tasviriy va amaliy sanʼat hamda dizayn yoʻnalishlari boʻyicha respublika tanlovi hamda mazkur yoʻnalishlardagi xalqaro tanlovlarning gʻoliblariga Davlat komissiyasining qarori bilan tegishli OTMlarning kasbiy (ijodiy) imtihonlarida soha boʻyicha eng yuqori ball belgilangan fandan maksimal ball olish imtiyozi beriladi;

- agar kasbiy (ijodiy) imtihonlarda eng yuqori ball bir nechta fanlardan belgilangan boʻlsa, abituriyentga imtiyozli maksimal ball olish uchun fanlardan birini tanlash huquqi beriladi;

- agar ayrim taʼlim yoʻnalishlarida 1 ta fandan kasbiy (ijodiy) imtihon oʻtkazish belgilangan boʻlsa, abituriyentga mazkur fan boʻyicha maksimal ball beriladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala